Chilpiq

Chilpiq (I - IV, IX - XI asr) Nukusdan 43 km. janubda, Amudaryoning o’ng qirg’og’idagi tabiiy yassi tepalikning cho’qqisida joylashgan. Zardushtiylik odatlariga ko’ra, bu yerga o’liklarning suyaklarini yumshoq qatlamidan tozalash uchun olib kelishgan. Afsonaga ko’ra, qadim zamonlarda keksa odamlarni tog’larda qoldirib kelish orqali ulardan voz kechish urf bo’lgan ekan. Bir kun, Chilpiq ismli yosh yigit ham o’z otasini toqqa olib borishga qaror qilibdi. Tepalikka chiqish yo’lida u nafas rostlashga qaror qildi. Buni ko’rgan uning otasi kulib yubordi. Chilpiq so’radi: “Nega kulyapsiz? Ahir men sizni tepalikda qoldirib kelmoqchimanku?”. Otasi javob berdi: “Men ham otamni tepalikka olib chiqayotib, aynan manu shu yerda dam olgan edim, shu esimga tushib ketdi”. Shundan so’ng u otasini qoldirib kelish fikridan qaytib, unga o’z uyida maxfiy tarzda g’amxo’rlik qila boshladi.

Uning bu qilmishi uchun o’lim jazosiga hukm qilishlari mumkin edi. Oradan bir qancha vaqt o’tgach, ushbu mamlakatning podshohi xastalikka uchradi. Hamma yoqdan tabiblar olib kelindi ammo, ularning hech biri podshohning xastaligiga davo topa olishmadi. Shunda, Chilpiqning otasi podshoh bir o’simlikning damlamasidan shifo topishini aytdi. Chilpiq podshohning oldiga borib, unga bu xabarni yetkazdi. Damlama podshohni tuzatdi va podshoh ushbu ajoyib o’simlikni qayerdan olganligi haqida so’radi. U javob berdi: “Agarda siz mening bir qoshiq qonimdan kechsangiz, men ushbu sirni oshkor etaman”. Podshoh rozi bo’ldi va u haqiqatni oshkor etdi: ”Bu haqida menga men sirli ravishda g’amxo’rlik qiladigan otam aytdi. Agarda siz bundan xabar topganingizda, meni qatl qilgan bo’lar edingiz”. Ushbu voqeadan so’ng podshoh farmon chiqardi: Bugundan boshlab, keksalarni tog’larga tashlab kelinmaydi, balki, ularga o’z ajallari yetguncha g’amxo’rlik qilinadi”.