Sulton Uvays-bobo majmuasi (XVII-XIX asrlar) Amudaryoning quyi oqimidagi eng muqaddas joylardan biri hisoblanadi. Uni Uvays al-Qaroniy nomi bilan bog’lashadi. Rivoyat qilishlaricha, u Payg’ambar s.a.v.ning izdoshlaridan biri sanalgan va Yamanning Qarayn qishlog’ida hayot kechirgan.
Olimlarning fikricha, inshoot Sulton Muhammad Xorazmshoh tomonidan qurilgan, ammo, mo’g’ul istilosi davrida buzib tashlangan. XIX asrning boshida Xiva xoni Eltuzar yangi imorat quradi. Maqbaraga qurilgan ohirgi imorat Xiva xoni Allaquli (XIX asr) tomonidan amalga oshirilgan.
Hozirgi kunda inshoot juda yaxshi rivojlangan infratuzilmaga ega bo’lgan majmua:masjid, xizmat ko’rsatish majmuasi, “muqaddas hovuz”, savdo markazlari, ovqatlanish nuqtalari, mehmonxonalar va boshqalardan tashkil topgan.