Kichik Qirqqiz qal’a yodgorligi (mil.av. IV-III asrlar) turli xil shaklga ega va bir biriga tutashgan g’arbiy hamda sharqiy qismlardan tashkil topgan. Katta qirqqiz qal’adan uzoq bo’lmagan masofada joylashgan Kichik Qirqqiz qal’a, chegara qal’asi bo’lib, voha tashqarisidagi mudofaa tizimining ajralmas qismi hisoblangan. Ushbu garnizonda dushman bosqinchiligidan ogohlantirish uchun tutun signalidan foylalanilgan deb taxmin qilinadi. Ba’zi olimlarning fikricha, Kichik Qirqqiz qal’a kabi chegara qal’alar yana bir qo’shimcha vazifani bajarib, Xorazmdan shimolga qarab sargardon yurgan ko’chmanchi xalqlar o’rtasida savdo va ayirboshlash markazi bo’lib xizmat qilgan. Yodgorlik III asr ohiri-IV asr boshlarida xarobaga aylangan.