Jampiq qal’a

Ushbu ko’hna shahar Sulton Uvays tog’ tizmasining janubiy-g’arbiy qismida joylashgan. Ushbu qal’a Amudaryo o’ng sohilining eng ko’rkam yodgorliklaridan biri hisoblanadi. U murakkab tuzilishga ega. Uning sharqiy qismida to’g’ri burchakli qo’rg’on saqlanib qolgan. Uning pahsadan yasalgan devorlari jips yarim-ustunlar bilan bezatilgan bo’lib, tepalari juft pog’onali arkalar bilan yakunlanadi. 

Qal’aning ilk qismi miloddan avvalgi IV asrdan milodiy I asrlargacha qurilgan bo’lsada, uning bugungi kungacha saqlanib qolgan devorlari milodiy IX-X asrlarda qurilgan. Ko’hna shaharda topilgan tangalar, ushbu hududda ohirgi marta qachon aholi istiqomat qilganligini (mil. XII-XIV asrlar) aniqlashga yordam bergan.

O’rta asrlarda ushbu shahardan port shahar sifatida foydanilgan. Qazishmalar davomida bu yerdan sharq va g’arb davlatlaridan (Xitoy, Misr, Yevropa, Hindiston) keltirilgan ko’plab topilmalar topilgan.