Angka-qal’a yodgorligi (I-III asrlar., X-XII asrlar) To’rtko’l shahridan 22 km. shimolda joylashgan.
Tuzilishi jihatidan deyarli kvadrat shakliga ega imorat yaxshi saqlanib qolgan. Bu yerda hozirgacha ichki va tashqi devorlar orasida paydo bo’lgan yo’lak, to’rtburchak minoralar, tashqi devordan bo’rtib chiqqan nayzasimon tuynuklar va bir qatorda joylashgan minoralarni ko’rish mumkin. Shunisi e’tiborga loyiqki, tuynuklarni qoplab turgan barcha g’ishtlar usta belgisi bo’lgan tamg’a bilan belgilangan. G’ishtlarning birida Qadimgi Xorazmga oid bir qatorda beshta belgi mavjud yozuv saqlanib qolgan. Yodgorlik I-III asrdagi Xorazmning kech-antik madaniyatiga tegishli deb hisoblanadi. Ushbu qal’a hududidan topilgan sopol aynan ushbu asrlarga tegishligini ko’rsatadi. Ammo, yaxshi saqlanib qolgan qo’rg’onlardan O’rta asrlarda (X-XII asrlar) ham foydalangan bo’lishlari mumkin.