Katta guldursun

Katta Guldursun (mil.av. IV-III asrlar- milodiy III, XII-XIII asrlar) haroba - ilk antik davrda paydo bo’lganiga qaramasdan, Xorazmshohlar sulolasing eng yorqin yodgorliklaridan biri hisoblanadi. U Qadimgi Xorazmning eng katta qal’alaridan biri hisoblanadi. Katta Guldursunning maydoni 80, 500 m.2 (350x230 m.) bo’lib, uning tuzilishi noto’g’ri to’rtburchak shaklida bo’lgan va burchaklari asosiy tomonlarga yo’naltirilgan. Qal’aning darvozasi sharqiy devorning o’rtasida joylashgan.

Qal’aning devorlari pastki qismidagi antik devorlar va minoralar paxsadan, uning keyingi qismlari esa xom g’ishtdan qurilgan. Devorlar hozirgi kungacha o’z balandligini yo’qotmagan va ba’zi joylarda u 15m gacha yetadi. Keyinchalik, XII-XIII asrlarda ushbu devorlar Xorazmshohlar tomonidan qayta qurilgan. Qal’a istehkomlari ikki qavat mustahkam minoralaga ega tashqi devor bilan yanada mustahkamlangan. 

O’rta asrlarda qal’a asosan faqat strategik maqsadlarda ishlatilgan va unda deyarli aholi istiqomat qilmagan. Qazilmalar davomida qal’aning ichidan ko’plab antik va o’rta asrlarga oid sopol buyumlar, bronzadan yasalgan buyumlar va bezaklar, antik va o’rta asrlarga oid tangalar topilgan. Ushbu tanga topilmalaridan shunday xulosa qilish mumkinki, Katta Guldursun hududidagi eng so’nggi aholi istiqomat qilgan davr- Xorazm mo’g’ullar tomonidan bosib olingan, Muhammad Xorazmshoh hukmdorligi davri, 1220-yilga borib taqaladi.

Katta Guldursunning katta xarobalari afsona ertaklar bilan qamrab olingan. Yaqingacha, xalq orasida qal’a ichida yashirin yer osti yo’li borligi va u vahshiy ajdar tomonidan qo’riqlanishi to’g’risidagi rivoyat keng tarqalgan edi. Agarda kimdir Guldursun xazinasi ilinjida pastga tushsa, uni katta omadsizlik kutishiga ishonilgan.