Tuproq qal’a (milodiy I-VI asrlar) Sulton Uvays tog’ tizmasidan bir necha kilometr janubda joylashgan. Ushbu qal’a antik davrda, Afrigidlar sulolasi hokimiyatga kelishidan oldin, Qadimgi Xorazm hukmdorlarining qarorgohi bo’lib xizmat qilgan. Yodgorlikning nomi, uning hozirgi holatidan kelib chiqib, katta tuproq tepalik degan ma’noni anglatadi.
Tuproq qal’a majmuasi - shahar, yuqori saroy va shimoliy majmuadan iborat.
Shahar - maydoni 500 × 350 m. to’g’ri burchakli shaklda bo’lib, balandligi 8-9 metrli mudofaa devorlari bilan o’ralgan. Bundan tashqari, shahar ko’plab yassi burchakli to’rtburchak minoralarga ega bo’lib, yon atroflari keng xandaq bilan o’ralgan. Shahar darvozasi murakkab inshoot shaklida qurilgan bo’lib, ushbu darvozadan butun shahar bo’ylab qal’agacha kengligi 9 m. bo’lgan markaziy ko’cha o’tgan. Otashparastlar ibodatxonasida ko’plab o’choqlar aniqlangan. Yodgorlikdagi yana bir binoda qo’chqor shoxlari, shisha idishlar, gips haykallar parchalari ko’rinishidagi oltin bilan ishlov berilgan bilaguzuklar va boshqa zargarlik buyumlari topilgan.
Yuqori saroy - kesilgan piramida shaklidagi saroyning asosiy massivi hom g’ishtdan qurilgan bo’lib, fasadi vertikal bo’rtib chiqqan naqshlar tizimi bilan bezatilgan. Tahorat xonasi, qurol-yarog’lar saqlash xonasi sifatida ishlatilgan taxminan 100 taga yaqin inshootlar hozirga qadar saqlanib qolgan. Yuqori qavatda tavba qilish uchun qurbonliklar qilinadigan ibodatxona mavjud bo’lgan.
Saroyning asosiy qismini ibodat va marosim xonalari majmuasi egallagan. Inshootning devorlari naqshlar bilan, unga tegishli beshta zal esa rangbarang sopol barelyeflar bilan bezatilgan. Ushbu bezaklardan oz qismi bizgacha yetib kelgan.
“Qirollar zali” qurbonlik qilinadigan maxsus xonada Xorazmning 23 qirollari tasvirlari (haykal shaklidagi) oldida olov yonib turar edi. “G’alaba zali” sultonlarga qirollik sharafi nishonini topshirish marosimini tasvirlayotgan, savlat bilan o’tirgan qirollar va ularning ustida girdikapalak bo’layotgan ma’budalar barelyeflari bilan bezatilgan. “Qora tanli jangchilar zali” tokchalarida tik turgan qirollarning barelyef tasvirlari mavjud edi. Qora tanli jangchilarning kichik haykallari qirollarga karnay chalib ehtirom keltirardi. “Kiyiklar zali” ushbu hayvonlarning haykallari bilan bezatilgan bo’lib, ularning tepasida griffin tasvirlari bor edi. Ushbu turdagi bezaklar ehtimol, o’simlik va hayvonot dunyosida hayot bardavomligiga sababchi bo’lgan. “Niqob bilan raqs tushiladigan” zal misteriyalar (diniy mavzudagi dramalar) namoyish etish uchun mo’ljallangan bo’lib, zal devorlarida raqsga tushayotgan erkak va ayollarning tasvirlari qisman saqlanib qolgan. Asosiy tokchada, tashqi ko’rinishiga ko’ra, yirtqich maxluq bilan ma’budaning tasviri mavjud bo’lgan. Qolgan ikki katta tokchalarda ehtimol, unga yo’ldosh ma’budlar joylashishgan. Zalning markazida qurbonlik qilinuchi supa bo’lgan.
Eng muhim topilmalardan biri bu Qadimgi Xorazm hujjatlari hisoblanadi. Terida yozilgan qo’lyozmalarda, turli xil narsa va buyumlarning kelishi, eng qadimiysi Xorazm asrining (milodiy I asrning boshlari) 188-252 yillari bo’lgan bir necha sanalar qayd etilgan. Daraxtga yozilgan qo’lyozmalarda esa, bir necha Xorazmiylar tarkibiga kiruvchi ishga layoqatli (ozod va qul) erkaklarning ro’yxatlari yozib qoldirilgan.
Shimoliy saroy majmuasi. Ushbu majmua - Tuproq qal’a shahridan taxminan 100 km. uzoqlikdagi, maydoni 12 gektar keladigan bir necha binolar jamlanmasidir. Ushbu binolardan biri oq va qora fondagi, katta va kichik rozetta va boshqa gullar bilan bezatilgan rangbarang devoriy tasvirlar, shuningdek, pastki oyoq va ko’ylakni tasvirlagan haykal qoldiqlariga ega 50 ta xonadan iborat. Shuningdek, bu yerda Kushon hukmdorlari Vima- Kadfiz, Xuvishka hukmronligi davriga oid tangalar, sherning oltin boshi va barelyef tayyorlash uchun alebaster shakllari topilgan.