Katta qirqqiz qal’asi (mil.av. IV-III asrlar-milodiy III-IV asrlar) - ekin maydonlari chegarasida joylashgan qal’a bo’lib, u Ayoz qal’a yodgorligining sharqiy tomonida joylashgan qal’alar zanjirining ajralmas qismi hisoblangan.Qal’a ikki qavatli devorga ega bo'lib, unda kamonchilar uchun mo'ljal olish tuynuklari bor ikki qavatli galeriya qurilgan edi.
Qishloq xo’jaligi yerlari yoki dehqonlar boshpanalarining vayronalari saqlanib qolgan. Devorlar tashqarisida, katta maydonlarda sopol idishlar bo’laklari topilishi bu yerda bir zamonlar shahar tashqarisidagi katta majmua bo’lganini ko’rsatadi. Afrigidlar hukmronligi davrida qal’a ichi va yon atrof maydonlari kulolchilik mahsulotlari ishlab chiqarish markazi bo’lgan. Qirqqiz so’zi ham qirqta qiz ma’nosini anglatadi.