Qo’yqrilgan qal’a qazish ishlari to’liq o’tkazilgan kam sonli qadimiy inshootlardan biri bo’lib, u o’zining o’ziga xos me’morchiligi bilan ajralib turadi. Dastlab, u ikki qavatli doira shaklidagi, tuynukli ikki qavat aylana devor bilan mustahkamlangan va kengligi 15 m. va chuqurligi 3 m. bo’lgan xandaq bilan o’ralgan inshoot bo’lgan. Olimlarning fikricha, dastlab Qo’yqrilgan qal’a muqaddas bino hisoblanib, u astronomik tadqiqotlar olib borish uchun ehtimol bilan, Fomalgaut yulduzi uchun bag’ishlangan.
Ilk Qo’yqrilgan qal’a (mil.av.IV-III asrlar) butun inshootning mahobati bilan, jumaladan markaziy binosi, mudofaa tizimining rivojlanganligi va katta omborlari bilan ajralib turgan. Ushbu omborlardagi tamg’alangan xumlarda va bug’doy saqlash uchun kovlangan chuqurlarda oziq-ovqat mahsulotlari zahiralari saqlangan. Garchi inshoot saqlanib qolmagan bo’lsa ham, unga tegishli mifologik syujetli badiiy sopol idishlari, isiriqdonlar, pog’onali qurbongohlari, ba’zilari Xorazm panteoni ma’budlarini aks ettirgan terrakota haykalchalar saqlanib qolgan. Ko’p yillar davomida yodgorlikning qarovsiz holati davrida uning katta ibodatxona markazi sifatidagi an’anasi saqlanib qoldi va unga ossuariylar joylashtirildi.
Bino tashqi aylanasining qurilishi -(mil.av.I asr-mil. IVasr) undagi bir biridan alohida joylashgan aholi yashash majmualari, alohida oshxona va omborxonalar, suf va turlli xil o’choqlarga ega diniy marosimlarni o’tkazishga mo’ljallangan xonalar bilan ajralib turadi.
Qazilma ishlari davomida topilgan terakotta va alebastr haykalchalar, sopol suvdondagi relyeflar, haykaltaroshlik sopol savatcha va ossuariylari, devoriy tasvirlar bo’laklari va toshga o’yilgan yozuvlar Qadimgi Xorazmning o’ziga xos san’atini ask ettiradi. Ushbu topilmalar orasida Markaziy Osiyoga oid qadimgi qo’lyozmalarning namunalari ham mavjud.