Bozor qal’a (mil.av. VI-V asrlar-milodiy ilk asrlar) arxaik davrda vujudga kelib, Kushon imperiyasi hukmronligi davrigacha mavjud bo’lgan. Qadimda shahar Bozor qal’a kanalining suvlari bilan sug’orilgan yirik qishloq xo’jaligi hududining markazi bo'lgan.
Kvadrat shakliga ega qal’a shaharning shimoliy-sharqiy qismida yaxshi saqlanib qolgan. U ikki qavatli devor va yarim-oval shaklidagi minoralar bilan o’ralgan. Shahar burchagi va qal’aning o’zidagi yakka minoralardan farqli o’laroq, uning shimoliy-g’arbiy burchagi, qaldirg’ochning dumi shaklini hosil qiluvchi ikki minora bilan mudofaalangan.
Shaharda aholining ishlab chiqarish faoliyati mahsulotlari bo’lgan: kulolchilik pechlari vayronalari, metal qotishmalar to’plamlari va temir kritsa parchalari topildi.