Amudaryoning qadimiy oqimlari sohilida joylashgan Aqshaxan-qal'a (mil. av. III asr- mil.IV asr)- Qadimiy Xorazmning eng yirik va murakkab, diqqatga sazovor joylaridan biri hisoblanadi. Uning ko’p qismini qumtepaliklar qoplab olgan. Ushbu yodgorlikning nomi afsonaviy mahalliy hukmdor Aqsha-xan nomiga qo’yilgan.
Shaharcha tuzilishidan kvadrat shakliga yaqin bo’lib, uning burchaklari asosiy tomonlarga qaratilgan, bir necha mustahkam, atrofi uvat bilan o’ralgan, har tomonida minoralari bor ikki qavatli mudofaa devorlari bilan o’ralgan. Shaharchaga, uning maydonidan bir necha marotaba katta bo’lgan mustahkam katta qishloq tutashgan edi. U yolakli ikki qavatli devorlar va o’yma tuynukli minoralar bilan mustahkamlangan bo’lgan.
Qal’a tuzilishi jihatidan deyarli kvadrat inshoot, kuchli mudofalangan minora va xandaqdan (Yuqori shahar) iborat edi. Keyinchalik u boshqa bir mudofaa devori (Quyi shahar) bilan o’rab olingan. Ushbu ikki shahar ham bir biridan teng masofada joylashgan tuynuk va minorali devorlar bilan himoyalangan.
Hashamatli binolarning izlarini: kvadrat shakldagi ibodatxona binosi yoki 60×60 m. o’lchamdagi 100 ta bezatilgan poydevor ustunlariga ega saroy ni Yuqori shaharda ko’rish mumkin. Binoning ichki qismi ganchkorlik namunalari bilan bezatilgan bo’lib, yo’laklarining devorlari har tomonlama mil. av. II asrga oid hozirgi kundagi noma’lum Qadimiy Xorazm shohlari portretlari va turli xil jarayonlarning tasviri ko’rinishidagi ajoyib devoriy tasvirlar bilan bezatilgan edi. Boshida qush ko’rinishidagi tojni kiyib olgan qirollar personajlari hanuzgacha fanga jumboqligicha qolmoqda.
Qal'aning qoq markazida, yon tomonida silindr gumbaz joylashgan ikki kvadrat shaklli minoradan iborat maqbara joylashgan.