O’rta asrlarga oid Beleuli majmuasi (XIVasr) Ustyurt platosida joylashgan. U karvonsaroy, eski qabriston, karer va sardobalarni o’z ichiga olgan qator inshootlardan tashkil topgan. Old tarafdan, markaziy Ustyurtning boshqa karvonsaroylari singari, Xorazmdan va Quyi Volga mintaqasiga olib boradigan yo’lga qaratilgan.
1972 yilgacha Beleuli majmuasining ark timpanlarida sher tasvirlari tushirilgan barelyeflar mavjud bo’lgan.
Karvonsaroyning asosiy qismini xovli egallagan. Karvonsaroydan taxminan 50m shimoliy-sharqda dasht o’simliklari bilan to’lib toshgan sakkizta sardoba topilgan. Ular takirdan oqib tushadigan suv uchun tarnovlarga ega edi
Karvonsaroy yaqinida qabriston va ohaktosh qazib olinadigan karer joylashgan edi.