Xojayli shahrining g’arbiy chekkasida, Kunya-Urganch shahriga olib boruvchi yo’lning ikki tomoni bo’ylab, tepalikda bepoyon Mizdaxkan shahri joylashgan.
G’arbiy tepalikda joylashgan qadimiy Mizdaxkan shahri mil.av. IV-III asrlarda paydo bo’lgan. Ushbu shaharning xarobalari bugungi kunda “Xojayli Gyaur-qal’asi”, ya’ni “Bevafolar qal’asi” nomi bilan mashhur. Shaharning bunday nomlanishi VIII asrda bu yerlarning arablar tomonidan bosib olinishi bilan bo’gliq chunki bu yerning tub aholisi otashparastlar hisoblanagan zardushtiylar bo’lgan. Shunday qilib, “Gyaur” atamasi -gyaurlar (otashparastlar) joylashgan manzilgohlarga nisobatan qo’llanilgan. Tadqiqotlarga ko’ra, qadim zamonlarda bu yerda yonidan Buyuk Ipak yo’lining shimoliy tarmoqlaridan biri o’tgan katta savdo-hunarmandchilik markazi joylashgan edi.
Kushan Imperiyasi davrida ( I-IV asrlar) oldingi madaniy qatlamlarni to’sib qo’yib, g’arbiy tepalikda joylashgan edi. IX asrdan XI asrgacha Mizdaxan shahri, mustahkam qo’rg’onnning qurilishidan so’ng, yangilanish davrini boshidan o’tkazdi. Bu davr mobaynida, dafn qilish marosimlari o’zgardi va bu, ushbu hudduda yangi islom dinining kirib kelganligidan dalolat berar edi. XIII asrning boshidaXorazm vohasining mo’g’ul bosqini va 1221 yilda Juchi qo’shinlari tomonidan tor mor etilishi natijasida, shaharda hayot vaqtinchalik tin oldi. XV asrning boshida eski qo’rg’on qarovsiz holatga kelib qoldi va uning yoniga yangisi qurildi. Shuningdek, ular qatoriga, Juma masjidi va Sulaymon Xaddadi Musaviya Xonaqosi qurildi.
Sharqiy tepalikda bir necha me’moriy yodgorliklar, jumladan, Mazlumxon-sulu Maqbarasi, Xalifa-Erajep Maqbarasi, Shamu-nabi Maqbarasi va Jumart-qassob do’ngi va boshlar joylashgan.
X-XI asrlarga oid Xalida- Yerejep Maqbarasi xarobalari Mazlumxon-sulu Maqbarasidan 120-130m janubda joylashgan. Qachonlardir u 11x11m o’lchamdagi kvadrat shakldagi imorat bo’lgan. Hozirgu kunga kelib, maqbaraning faqatgina uch devori,shuningdek, gumbazning va tashqi tarafdan terilgan sayqallangan pishgan g’ishtning arzimas qoldiqlari saqlanib qolgan. Olimlarning fikricha, yodgorlikning paydo bo’lishi so’fiylar bilan bog’liq va bunga yodgorlikning tuzilishi va nomi dalolat beradi.
Mizdaxkan majmuasining yani bir mashhur yodgorliklaridan biri bo’lmish Shamun-nabi Maqbarasi,Jumart-qassob do’ngining yaqinida joylashgan. U tuzilishi jihatidan to’rtburchak shaklga ega bo’lib, uning asosiy fasadi peshtoq bilan mustahkamlangan va sharqqa yo’naltirilgan. Maqbaraning ichki qismida, ketma ket yeti gumbaz bilan qoplangan, cho’ziq shakldagi to’rtburchak imorat mavjud. Maqbaraning g’arbiy tomoni tleuxan bilan tutashgan. Ma’lum bo’lishicha, ushbu ikki imoratning qurilishi XIII-XIV asrlarga borib taqaladi.
Afsonaga ko’ra, Shamun-Gaziyn (Nabi)-ajoyib tabib hamda polvon bo’lgan va mo’jizalar yarata olgan. U bu yerlarga yangi dinga e’tiqod qilish uchun kelgan. Bu yerda Shamun-nabi kasallarni davolash bilan ham shug’ullanib, qilgan ishiga pul olmas edi. U hozirda uning qabri joylashgan joyda yashagan.
Mizdaxkan shahri to’g’risida yana bir afsona mavjud: Qadim zamonlarda bu yerda Jumart ismli boy inson yashagan. Yillarning birida, bu yerlarda hosil bo’lmay, ocharchilik boshlandi. Buni ko’rgan Jumart, o’z hisobidan, barcha qo’shni hududlardagi aholini yangi go’sht bilan taminlashni o’z zimmasiga oldi. Jumart chorvadorlarning himoyachisi hisoblanardi. Hayvonlarni qurbon qilishdan oldin, ularni tepalik atrofida yeti marta aylantirib o’tishgan.
“Jumart” so’zining kelib chiqishini olimlar, muqaddas Daytiya daryosining (Amudaryo) qirg’og’idagi Ayryanem Vedjoda (Xorazm) yashagan zardushtiylar kosmogoniyasi, yarim buqa -yarim odam ko’rinishidagi qadimiy afsonaviy qahramon Gaumard bilan bog’lashadi.
Mizdaxkandan XIV asrgacha foydalanilgan.