Pil-qal’a

Pil qal’a yodgorligi (mil.av.IV-II asr.- milodiy VII-VIII asrlar) Beruniy shahrining shimoliy qismida joylashgan. Uning devorlari bo’ylab, yarim oval shaklidagi nayzasimon minoralar joylashtirib chiqilgan.

Qal’a hududidan Afrigidlar sulolasi hukmdorligi davriga oid sopol buyumlar topilgan. Janubiy-g’arbiy minorada boshi shimoli-g’arbiy tomonga qaratilib dafn qilingan jasadning qabri topilgan. Qabrning sharqiy tomonida XIII-XIV asrlarga oid romb shaklidagi uch o’qning uchi topilgan.

Yodgorlikning yana bir nomi- “Fir qal’a” ham mavjud va bu Firg’ sulolasi asoschisining ismi bilan bog’liq deb hisoblanadi. Turk lahjasida “f” tovushi “p” ga, “r” tovushi esa “l” ga aylanishi natijasida, qal’a yanada tushunarliroq “Pil-qal’a” nomini olgan.