Eres qal’a To’rtko’l shahridan 12 km. janubiy-sharqda joylashgan. Hozirda xarobaga aylangan shahar o’rnida, bir vaqtlar saroy va qal’alardan tashkil topgan majmua bo’lgan edi. Qadim zamonlarda Eres qal’adan Angka qal’a va Bozor qal’a orqali Qadimgi Kaltaminorning asosiy sug’orish kanali o’tgan edi va shaharning o’zi esa uning pastki oqimida joylashgan edi. Uning maydoni 360 x 220 m. bo’lib, noto’g’ri ellipssimon tuzilishga ega edi. Bu yerda markaziy saroy joylashan edi. Taxminlarga ko’ra, bu qal’a va hukmdorning uyi bo’lgan.
Yodgorlik hududidan topilgan sopol buyumlar milodiy III-IV asrlarga borib taqaladi. Kangyuy madaniyatiga oid (mil.av.IV asr-milodiy I asr boshlari) sopol topilmalariga qarab, olimlar ushbu qal’a antik davrda paydo bo’lgani, ammo, undagi hayot V-VI asrlargacha davom etganini qayd etishadi.