Mazlumxon-sulu (XII-XIV asrlar) yarim yer-osti me’moriy obidalaridan hisoblanadi. Yerning sirtqi qismida peshtoq va gumgaz joylashgan. Yodgorlikning asosiy qismi va markaziy binolari esa pastki qavatda bo’lib, unga zinali gazbazsimon yo’lak orqali borish mumkin. Maqbaraning markaziy zali kvadrat shaklida qurilgan. Uning sakkizburchak gumbaz bilan yopilgan uchta chuqur va bitta uncha chuqur bo’lmagan tuynuklari bor.
1930-yillarning boshida rus sharqshunosi Nekrasov mayolika bilan bezatilgan yaxlit qabr toshini topdi. Toshnig ustiga Fors tilida shunday she’rning parchasi saqlanib qolgan edi: “O mening yaqin insonim… Men bilan faxrlan! Meni ushbu g’uborli hujrada baxtsiz deb o’ylama. Shuni bilki, men eng yaqin ibodatxonaman, va meni jannatning tarki dunyo qilgan kishisi deb hisobla, Jannatning xizmatkori… ”
Mazlumxon-sulu maqbarasiga oid juda chiroyli afsona mavjud. Kunlardan bir kun, mahalliy hukmdorlardan biri o’z qizini kimki g’ayrioddiy narsa yaratib, dunyoni lol qoldirsa o’z qizini berishga qaror qildi. Uning qiziga oshiq yer-osti bino qurib, uning gumbazini yerning sirtida qoldiradi. Shunda hukmdor yigitdan, hali bitmagan gumbazdan o’zini pastga tashlab, o’z sevgisini isbotlay olishini so’raydi. Yigit o’zini tashlaydi…
Maqbaradagi ikki qabr Mazlum va uning sevgilisiga bag’ishlangan.