Qo’rg’oshin qal’a

Qo’rg’oshin qal’a yodgorligi (mil.av. IV-III asrlar), Jonbos qal’a yodgorligidan 17 km. shimolda joylashgan. Tuzilishi jihatdan to’rtburchak shaklga ega bo’lib, uning yaxshi saqlanib qolgan devorlarining balandligi ba’zi joylarda 14-16 m. ga yetadi. Uning pastki qismlari paxsa g’ishtdan qurilgan bo’lib, undan so’ng, tamg’ali kvadrat g’isht terib chiqilgan. Devorlar (burchak tomonlarini hisobga olmaganda) uzun va qisqa tomonlarida uchta minora bilan mustahkamlangan. Qal’a janubiy-g’arbiy tomondan tashqari, har tomondan to’siq devori bilan o’rab olingan.  Qal’a, taxminlarga ko’ra, Qadimgi Xorazm davlati ichki qismini dasht qabilalari bosqinidan himoya qilgan. Qal’aning nomi turkiy “qo’rg’oshin” so’zidan olingan deb hisoblanadi va ushbu modda, taxminlarga ko’ra, bu yerdan uzoq bo’lmagan  hudduddan qazib olingan.