Narinjon-bobo majmuasi (XIII-XIV asrlar) eng e’zozlanadigan va muqaddas joylardan biri sanaladi. U asosiy qismi maqbara hisoblanadigan ko’p xonali binolar tizimini o’zida aks ettiradi. Inshootning markazida avliyoning qabri joylashgan .
Yodgorlikdan hozirgi kunda Nukus shahridagi Qoraqalpog’iston davlat o’lkashunoslik muzeyida saqlanayotgan ustida yozuvlari bor qabr toshlari saqlanib qolgan.
XIII asrda maqbara musulmon arbob Muxtor Vali tomonidan kashf etilib, u tomonidan maqbaraning yangi binosi qurilgan. Keyinchalik ziyoratchilar imorati qurib bitkazildi. Ushbu joy ko’pincha so’fiylarning marosimlarini (zikr) o’tkazish uchun ishlatilgan. XX asrning 90-yillarining boshida yodgorlik qayta qurildi va qabr marmar bilan bezatildi.