Chegarada joylashgan Jonbos-qal’a (mil.av. IV-milodiy I asrlar) Amudaryoning eski tarmog’i manzarasini ko’rsa bo’ladigan qiyalikdagi ajoyib va chiroyli xarobalarni o’zida aks ettiradi. Jonbos qal’a yaqinida Bronza davriga oid ko’plab yodgorliklar topilgan. Ushbu yodgorlik Jonbos qal’a tepaligining shimoliy-g’arbiy qiyaligida, Sulton Uvays tog’ tizmasidan janubiy-sharqqa cho’zilgan tepaliklar tizimining tugashida joylashgan.
U Qadimgi Xorazmning ko’plab boshqa qal’alaridan, uning devorlari va burchaklarida minoralarning yo’qligi bilan ajralib turadi. Tashqi devor tor va baland, nayzasimon, shaxmat tartibida joylashgan tuynuklar bilan qoplangan.
Yon tomon mudofaasi, minoralarning yo’qligi hisobiga, tashqi devorning ichki tomonlaridan gumbazsimon tokchlardagi har 20-25 ta oddiy tuynuk orasida joylashgan uch tuynukli tizim bilan amalga oshirilgan. Qal’aning burchaklari egri tuynuklar bilan himoyalangan. Uning darvozasidan janubiy-sharqiy devorgacha 30 m. kenglikdagi, ikki tomonida aholi yashaydigan binolar joylashgan ko’cha o’tgan edi.
Burchakda joylashgan xonalardan birida loydan yasalgan va devorga o’yib o’rnatilgan pech bo’lib, u otashparastlar uchun ibodatxona vazifasini bajargan va butun bino shaharning “Olov uyi” edi.