Qadimgi poyabzallar

XIX asrda qoraqalpoqlar orasida poshnali qattiq oyoq kiyim kiyish urf bo’lgan. Uydan chiqishda erkaklar ak-pushta (yoki baykem-yetik) deb nomlangan poshnali, teridan tayyorlangan va o’tkir va tepaga qayrilgan uchli etiklarni kiyishgan. Izg’irin sovuqda esa etik ichidan oq qigizdan tikilgan uzun paypoq kiyishgan.  Yozda erkaklar, ot minish yurishda mol terisidan tikilgan, baland poshnali tufli kiyishgan. Ayollar esa, kashtali yoki yashil jo’shqin naqshli, uchi tepaga qayrilgan, poshnali qizil etik kiyishgan. Poshnalarida simdan qilingan naqshli tuflilar ham urf bo’lgan. Bolalar qishda tery yoki kigizdan tikilgan oddiy etik, yozda esa shepek shippagini kiyishgan.

Qoraqalpoqlarning odatiy yozgi poyabzali, yengil terili kalishlar (geuish) bo’lgan. Sovuq mavsumda kalishlar, yumshoq tagcharmli, teridan tikilgan musulmonlar etiklari (maxsi) bilan kiyilgan; oyoqlar esa shilgau paytavalari bilan o’ralgan.