Qadimdan qoraqalpoqlar geometrik naqshlar asosida igna yoki ipak ipi yordamida paxtadan qo’lda tikilgan matoga mayda hoch shaklida kashtalar tikishgan. Ushbu usul shiris-nagis deb atalgan. Tikuvchining nafis bezaklari turfaxilligiga movutga halqasimon zanjir kashtaning choki tushirilishi orqali erishilgan. Mahsulotning chekkalari qo’lda to’qilgan tasma bilan, shuningdek, o’ralgan ipakdan qilingan popukbilan bezatilgan.
Asosan, ayollar libosi, shu jumladan, bosh kiyim, libos, kapyushonli ko’krak fartugi, keng choponlar kashta bilan bezatilgan. Bir necha yillar davomida o’zi tomonidan yaratilgan kelinlik sarposi, o’zining uzun tunikasi (kok-koylek), ko’krakkacha tushib turadigan bosh kiyimi (kizil-kiymishek), “dubulg’a” kelin toji (saukele) larida aks etgan kashtachilik durdonalari bilan alohida ajralib turadi. To’y uchun kelin chopon va po’stin uchun yengchalar, libos va keng choponlar uchun yoqalar, shuningdek, qaynona uchun sovg’alar (keng chopon- ak jegde) va kuyov uchun (chopona va po’stin uchun tumorlar, choy uchun bel qopchasi), mayda uy ro’zg’or buyumlari (choynak ushlagich, yurta uchun tumorlar) va boshqalar uchun kashtalar to’qigan.
Qadimgi qoraqalpoq kashtasi o’zida turli xil iplardan iborat va to’q-qizil rang nisbatan ko’p bo’lgan, mayda naqsh elementlaridan iborat bo’lgan. Turli xil ranglar mutanosibligi ora-sira joylashgan qizil, jigarrang, pista-yashil, tillaranglarning uyg’unlashuvi orqali erishilgan.
Qoraqalpoq bezaklari kosmogon belgilardan: xoch va uyurma rozetka ( quyosh turishi, dunyo tomonlari), zigzag (samo suvi), romb (unumdorlik)lardan tashkil topgan edi. Alohida farovonlikka eltadigan naqshlar sifatida: qo’y shoxi, qurbaqalar, g’oz bo’yni, chayon dumi, qarg’a changali, qush tili, o’simliklar urug’i va gullar hisoblangan. Shuningdek, zargarlik buyumlari, asbob-uskunalar va ovchilik qurollari ham qoraqalpoq kashtachiligida uchragan.