Qadimda yurta uchun qo’lda to’qilgan mahsulotlar kelin sep-sidirg’asining bir qismi hisoblanar edi va kelin onasining nazorati ostida ularni 6-8 yil davomida o’z to’yi uchun tayyorlagan. Yurta bezaklarining ranglari mutanosibligi ona tabiatdan nusxa olgandek edi. U sokin, ammo ayni paytda to’yingan sarg’ish , qizil-jigarrang ranglar uyg’unligi va ora-sira joylashgan to’q-qizil, sariq, yashil bo’yoqlarning nimrangidan tashkil topgan.
Qoraqalpoqlar orasida doim asosiy mohiyati isrofsizlik (israpsiz) bo’lgan qiyqimdan qilingan mozayka kurak mashhur bo’lgan. Qiyqim mozaykasi bilan dasturxonlar, buyumlar sumkasi, to’y pardasi, ko’rpa-to’shak va yostiqlar, bo’yrali yurtaning osma eshigi romi, bolalar kiyimlar va boshqalar bezatilgan. Naqshlar jez-shiy (yurta bo’yrasi), saut (sovut), kalkan (qalqon) va tolkin (to’lqin) motivlari yordamidan tuzilgan. Kurak naqshlari tumorlar sifatida xizmat qilib, ular naslning ko’payishiga tilakni ifoda etgan.
Milliy kigiz mahsulotlari- to’shama gilamlar, yurtaning kirish bezaklari uchun dekorativ kigizlar, ot egari gilamlaridan tashkil topgan. Kigizlar turli xil naqshlar bilan bezatilgan edi. Ularning orasida, “harakatlanuvchi to’lqin” motivi o’zining o'zgaruvchan ranglari (samoviy namlik ramzi) bilan alohida ajralib turgan. Naqshning o'ziga xos xususiyati shundaki, uning foni bir vaqtning o'zida naqsh sifatida namoyon bo’ladi.
Tukli sholchalar to’plamiga: yesik-kas (eshik lambrekeni), karshin (kiyimlar g’ilofi fasadi), kerge (idishlar sumkasi), gilem (gilam), shuningdek, korjin (xo’rjin) va degde (egar gilamchasi) kirgan. O’ziga xos sholcha, yesik kas yurtaga kirishning ichki qismini bezab turgan va yumshoq narsalarning (kiyimlar, eshilgan ip) uchun mo’ljallangan sumkaning old qismi sifatida xizmat qilgan va ko’z tegishidan asraydigan gilam- karshin, shuningdek, yog’och idishlar uchun osma sumka- kergening old tomoni kabi oilaviy baxting asosiy avaylaydigan narsalaridan biri bo’lgan.
Yurtaning ko'plab naqsh bezaklari tuksiz lentalar (belle-deu, qizil-kur, ak-kur) va paloslarda (alosha) tashkil topgan edi. Ular paxta, yung va ipakdan tayyorlangan.
Boshqa o’ziga xos relyef naqshlari bilan ishlangan hunarmandchilik mahsulotlari, kombinatsiyalangan usul orqali to’qilgan, uning silliq ostki qismi paxtadan to’qilgan, paxmoqlangan naqshlari esa yungdan: ak-baskur, jan-bau sholchalari, shiy-ongir, suu-agar gilamchalaridan ishlangan.
To’qilishi eng qiyin bo’lgan gilamlar- ak-baskur, jan-bau, bel-deu o’ziga xos kompozitsiyasi bilan ajralib turgan. Ularning uzinasi alohida naqshlar guruhi bilan bezatilgan va ularning orasida ko’ndalangan tor qilib joylashtirilgan naqshlar solingan (masalan, gaz-moyin- g’oz bo’yni). Yurtaning sinchi mustahkamlanganidan so’ng, juft epizodlar ichki tomonda qarama-qarshi yoki tashqi tomonda simmetrik tarzda joylashtirilgan. Bezakli chiziqlarning tepasidan va pastidan sholchaning yon qismlarigacha oq joy tashlab ketilib, u yerga ikki tomondan oddiy zigzag shaklida mayda naqshlar to’qib chiqilgan.
Keng alasha paloslarga ormek tikuv mashinasida tor izli naqshlar bilan tikilgan. Uni yurtaning devoriga osib qo’yilib va kigiz to’shama ustiga solib qo’yishgan. Qoraqalpoqlarning alasha gilamlari ko’chmanki o’zbeklarning gadjari-gilamlari bilan o’xshashliklari mavjud edi.
Eski tikuvchi ayollar 60dan ortiq turdagi va nomdagi ko’zdan asrovchi naqshlar mavjudligini qayd etishadi. Ularning orasida eng mashhuri turli xil shox motivlari kombitnatsiyalari- unumdorlik va farovonlik ramzlari: kos-muyiz (shox jufti), segiz-muyiz (sakkizta shox), oneki-muyiz (12ta shox), va boshqalar hisoblanadi. Boshqa naqshlarning nomlari o’simlik va hayvonot dunyosi, uy-ro’zg’or buyumlari: tay-tuyak ( toy tuyog’i), balik-koz (baliq ko’zi), garga-tirnak ( qarg’a tirnog’i), kus-kanat (qush qanoti), gul, irgak (ilgak), tarak (taroq), sirg’a, salma (kanal) va boshqalar bilan bog’liq.