Yog’och o’ymakorligi

XIX asrda ko’plab yog’och o’ymakorligi mahsulotlari yurta ishlab chiqarish uchun mo’ljallangan edi. Eshiklar, o’choq qoplamalari, kitob va zargarlik buyumlari qutilari, hamda asbob va pichoqlar uchun qutilarga naqsh solingan. Xamir yoyiladigan aylana shakldagi ajoyib stolchalar – as-takta, harbiy qalqonni eslatadigan qilib teskari bezakli tomoni bilan devorga osib qo’yilgan. Shuningdek, yurtaning mebellari: sab-ayak (yorma, un va non saqlanadigan podstavka, uning tagiga katta idish joylashtirilgan) va sandik (mayda idishlar uchun shkafcha va ko’rpalar to’plami uchun podstavka)lar ham o’yma naqshlar bilan bezatilgan.

Ana’anaviy qoraqalpoq naqshlari zoormorf  motivlar  - qo’y shoxi mo’yiz, buqa va kiyik shoxlari, qushlar, ko’rshapalaklar, toshbaqalar, baliqlar motivlari bilan ifodalangan. O’simliklar naqshlarida dasht pechagi, hatto suv o’tlari, shuningdek, Xiva naqshlariga o’xshash – gulsapsar va lolalar tasvirlangan. Naqshlar romb, xoch, rozetta, spiral shaklida o’yilgan. Buyumlarda ham tasvirlar uchragan: sab-ayakda choynak, taroq, bolta tasvirlari; eshiklarda etiklar, baliq ilmog’i, xanjar, zargarlik buyumlari tasvirlari tushirilgan. XIX asrning ohirlariga kelib, o’ymakorlik naqshlarining o’rnini tasvirlar egalladi. Sandiq bo’lmalarida suv idishlar va oshxona pichoqlari (yomonlikdan saqlash uchun) tasvirlana boshlandi.

Umuman olganda, yog’ochdan yasalgan uy-ro’zg’or buyumlari va mehnat qurollari-beshik, musiqiy asboblar, idish-tovoqlar, ot-arava egari va xomuti, aravalar, qayiqlar, paxsa uylar ayvonlari ustunlari va boshqalar o’ymakorlik naqshlari bilan bezatilgan. Hozirgi kunda, yog’ochdan qurilishda, yurtalarni, milliy musiqa asboblarini, uy-ro’zg’or buyumlarini- sandiqlar, beshiklar, bolalar yurish moslamalarini ishlab chiqarishda foydalaniladi. XX asrda yog’och o’ymakorligi an’anasi yangi san’at turi-tasviriy san’atni shakllanishida, xususan, haykaltaroshlikda katta ta’sir o’tkazdi.