Qadimgi qoraqalpoq erkaklar liboslari ranglarning talabchanligi bilan ajralib turgan va qo’shni xaqlar kiyimlari bilan deyarli o’xshash bo’lgan. Erkaklar sarposi turkumiga: do’ppi, mo’yna shapka, ko’ylak, sharvarlar, kamzul, chopon, kamar, poyabzal va boshqalar kirgan.
XIX asrda erkaklar, shakli qadimgi skiflar bosh kiyimlariga o’xshash borik shapka kiyib yurishgan. Ular uchi egilgan konus shaklida qora kigizdan tayyorlangan. Qadimgi turdagi bosh kiyimlar: to’k rangli qo’y terisidan tikilgan va juni tashqarisida shogirme, tulki mo’ynasidan tayyorlagan quloq va bo’yinni yopadigan malaxay, movut yoki duxobadan tayyorlangan, mo’yna hoshiyali degeleydan tashkil topgan. Bosh kiyimlarning yana bir turi bu qorako’l telpagi bo’lgan. Shapka tagidan erkaklar maxiya do’ppisini kiyib yurishgan. Uning gumbazsimon shakli to’rt qismga bo’lib tikilgan, uning gardishini boshqacha yo’lli matodan tikishgan va uning atrofiga tasma tikishgan. Ko’plab shapan choponlaridan, erkaklar orasida qo’lda to’qilgan movutdan (tuya yungi) tikilgan keng shekpen choponlari mashhur edi. Shekpen choponlarining va po’stinlarning o’ziga xosligi kashta bilan to’qilgan uchburchak shakldagi tumor edi. Tumor, inson orqa tomondan zaifligi g’oyasini o’zida aks ettirgan bo’lib, u belda o’qi to’la o’qdon olib yurish ana’nasidan kelib chiqqan. Uchburchak- qadimgi Ona mabudi ramzi va bir vaqtda o’qning uchi (yovuz kuchlardan asrovchi kuch) hisoblangan.
Erkakar uchun kamar taqish majburiy bo’lgan (kamar sha’n va kuch ramzi hisoblangan). Ro’molcha kundalik kamar vazifasini bajargan. Bayramlarda esa erkaklar, shoyi belbog’ bilan bellarini bog’lashgan. Boy erkakar mol terisidan tikilgan kamar-belbeu belbog’ini bog’lashgan. Ushbu belbog’, uchbarg, yo’barsning boshi va panjasi tasviri tushirilgan kumush qadama bezaklar bilan bezatilgan edi. Turli xil shokilalar qadalgan mayin terili kamarlar ham urf bo’lgan. Bunday turdagi kamarlar ovchilar tomonidan foydalanishgan va ular piyoli g’ilofi, o’qdon, chaqmoshtosh va boshqa ko’chma hayot uchun zarur ashyolar bilan to’ldirilgan.