Qadimda, qoraqalpoqlar 2 xil turar joylarda istiqomat qilishgan: to’q rangli kigiz bilan o’ralgan oddiy yurta-qora uy va yorqin rangli, bezaklar bilan to’la va yangi nikoh qurgan kelin-kuyovlar uchun-otau uy. Har bir paxsa uyning yonida usti-yopiq hovli bo’lib, u yerga qishda yurta o’rnatiladi. Yozda yurtani tomorqa daraxtlari soyalari tushib turadigan ariq yoniga qurishgan. Uning ichkarisida devor qoplamalarini ochib, havo yo’lakchasini tashkil qilishgan. Ichkarida ular devor qoplamalarini ochadigan havo yo'laklarini tashkil qilishdi. Bugungi kunda yurt faqat issiq yozda ishlatiladi. Hozirgi kunda, yurtadan faqatgina jazirama yozda foydalaniladi.
Yurta qurish eshikni o’rnatishdan boshlanadi. Turli xil yurtalar 6,8, ba’zan 12 yig’iluvchi qismlardan (kanat) va uni ko’tarib turuvchi panjaralardan (kerege) yig’iladi. Yurtani bir necha soat ichida yi’gish yoki yig’ishtirish mumkin.
Qoraqalpoqlarning yurta qurilish usuli o’ziga xos jihatlarga ega. Gumbaz kegaylari tog’ri va faqatgina pastki qismda egilgan. Shuning uchun ham uning tomi konussimon ko’rinishga ega. Yurtaning tomi va panjarasini keng va oq lentalar bilan biriktirilgan. So’ng, yurtalar XIX asrdan buyon faqat yozda yig’ilishi sababli, tom kigiz bilan, devorlar esa ikki qavat bo’yra bilan yopiladi. Qadimdan yurtaga kirish janub tomondan bo’lgan. Bunday holatda, yurtaga kirish qarshisidagi “faxrli joy”, yurtaning eng qulay joyi hisoblanadi -yozda salqin, qishda issiq. Tomning toji (shanarak) qirrasimon shpilka bilan bog’langan ikki chambarakdan tashkil topgan. Shanarak o’zining vazni bilan yurtaning sinchini ushlab turadi, yorug’lik tushadigan deraza sifatida ishlatiladi. Qadimda qoraqalpoqlar qishni yurtada o’tkazishganida, yurtaning o’rtasiga o’choq o’rnatilgani uchun, shanarak mo’ri sifatida ishlatilgan. Yurtada keraksiz narsalar bo’lmasligi lozim va bu qadimdan saqlanib qolgan go’zallik va foyda birligi qonuni hisoblangan. Shuning uchun, yurtaning har bir to’qilgan, bezatilgan ustki matolari, yurtaga bezak berish bilan bir qatorda, uni amaliy jihatdan sinchini mustahkamlab turadi va ustini yopadi. Ushbu ustki matolar devorning panjarasi va gumbaz kegaylarini qattiq bog’lab turadi, devor qoplamasini bo’yralarini (shiy) va tom kigiz (kiyiz)larini mustahkamlaydi.
Yurta kosmogoniyasi (Kelib chiqishi)
Qadim zamonlardan buyon odamlar yurtani koinotning modeli bilan qiyoslashgan va uni teng ikki qismga bo’lishgan. Shu tarzda qarama-qarshi tamoyillarinng muvozanati va ularning abadiy o’zaro ta’siri go’yasi ifodalangan. Bu dunyo tartibi, hayot cheksizligi va koinotning daxlsizligi to’grisidagi tushunchalar edi. Yurta ichki qismining ikki zonaga- erkaklar zonasi on jak va ayollar zonasi sol jak shundan kelib chiqqan. On jak yurtaga kirishning chap qismida joylashgan bo’lib, bu yerda erkaklarning ust kiyimlari, musiqiy asboblar, ot anjomlari, erkaklar ov aslahalari va ov anjomlari saqlangan. Bu yer ruh-himoyachilarining maskani hisoblangan. Sol jak zonasida kiyim to’plamlari, katta idishlar va mahsulotlar podstavkasi (sab-ayak), suv idishlar (suvi bilan), ayollar hunarmadchiligi buyumlari joylashgan. Yurta ichki qismini turli xil zonalarga ajratish qadimli 12-yillik Mushel kalendari bilan bog’liq edi.
Yurtaning muqaddas joylari: kirish bosaga (ostona), markaz oshak (o’choq) va kirishning ro’parasidagi joy- tor (faxrli joy) hisoblangan. Tor ajoyib tarzda bezatilgan bo’lib, uning tepasidan qizil kizil-kur lentasidan bes-kur to’ri tortib o’tkazilgan edi. Tor devorlari gilam va paloslar bilan bezatilgan bo’lib, uning ustiga mayda idishlar uchun shkafchalar va ko’rpacha taxlamlari va gilamli sumkachalar (karshin) turadigan sandik lar qo’yilgan. Tor uy egasining o’rni ma’nosini anglatgan. Uyga faxrli mehmon kelgan taqdirda, ushbu joyga mehmon o’tkazilgan yoki on-jak tomonga surilgan.
Shanarak gumbazi toji va o’choq, quyosh va uning gipostezi-olovni o’zida mujassamlashtirgan va ularni koinotning ustuni va urug’ belgisi sifatida ko’rishgan. Tojning halqasiga kalava-ipdan tayyorlangan tumor (ayak-bau) osib qo’yilgan. Ular nur va shomon qamchisini (kamshi) anglatgan. Krest shaklidagi tojlar dunyo tomonlariga qaratilgan, doimo ochiq bo’lgan va faqatgina yomon ob-havo sharoitlarida yopilgan. Bu yulduzlar va quyosh (soatlar)ni kuzatish imkonini bergan.