Mo'ynoq tumani “Ekologiya muzeyi” 1984-yilda Uchsoy port qishlog’ida tashkil etilgan. 1998-yilda muzey binosi, Mo’ynoq tuman Madaniyat uyi binosiga ko’chirilgan. Muzeyning 1980-yillarda doktor Eserkepov tomonidan to’plangan kolleksiyasi Orol dengizi va Mo’ynoq shahrining tarixini tasvirlaydi. Ushbu kolleksiyada: milliy liboslar, qadimiy zargarlik buyumlari, uy-ro’zg’or buyumlari, qayiq va baliqchilik anjom va aslahalari, hayvon va qushlarning tulumlari, hamda, tarixiy fotosuratlar o’rin olgan.
Mo’ynoq muzeyi, shuningdek, 1960-1970 yillarda rassomlar- Rafael Matevosyan and Faim Madgazin tomonidan yaratilgan noyob tasviriy san’at asarlari to’plami bilan ham mashhur. Ular, o’z ijodlari davomida ushbu mintaqa va Orol dengiziga oid ham tarixiy ham badiiy ahamiyatga ega asarlar yaratganlar. Shuning uchun ham ular, “Orol dengizi solnomachilari”deb e’tirof etiladi. Shuningdek, ularning ishlarida Orol dengizi qanday qilib moviyrang dengizdan cho’lga aylanganligi chiroyli tasvirlanadi.