Azatbay Otarboev an'anaviy cholg'u asboblarini ishlab chiqarish bo'yicha Qoraqalpog'istonning yetakchi ustalaridan biridir. U ushbu ish bilan shug’ullanayotgan oilasidagi beshinchi avlod vakili hisoblanadi. U 38 yildan ziyod vaqt mobaynida bu ish bilan shug'ullanadi va u ishlab chiqargan mahsulotlarning zahirasi 15 dan ortiq turdagi torli, puflab chalinadigan, urib chalinadigan musiqiy asboblardan iborat. Ular orasida: qobiz, girjek, dutor, shin-gobiz, balaman, duduk, gartik, sazsirnay, kamisnay, kuray, ushpelek, tuyak va boshqalar mavjud. U cholg’u asboblarni ishlab chiqarishda: daraxt, teri, qamish, otning dumi, sadaf, loy kabi tabiiy mahsulotlardan foydalanadi.
Uning ana’naviy chol’gu asboblarini ishlab chiqarish bo’yicha yangi seminari YUNESKO ko’magida 2012-yilda Nukus shahrida ochilgan va ushbu seminar butun respublika va undan tashqarida mashhurlikka erishgan.