Shomurotovlar uy muzeyi

Amet va Ayimxon Shomurotovalarning xususiy uy muzeyi ularning farzandlari tomonidan 1999-yilda tashkil qilingan. Amet Shomurotov (1912-1953) – yozuvchi, shoir va dramaturg bo’lgan. Uning rafiqasi Ayimxon Shomurotova (1917-1993) esa xalq artisti bo’lib, Qoraqalpog’iston tarixida teatr sahnasi chiqqan ilk ayollardan biri hisoblanadi. Ular XX asrdagi qoraqalpoq madaniyatining rivojida muhim o’rin egallashadi. Muzey kolleksiyasi ushbu juftlikning shaxsiy buyumlaridan: sahna liboslari, fotosuratlari, qo’lyozmalari, kitoblari, o’tmishga oid buyumlaridan tashkil topgan. Muzeyda, shuningdek, Qoraqalpog’iston mashhur yozuvchilarining, artistlarining, davlat arboblarining fotoxujjatlari va mashhur rassomlar: F.Madgazin, R. Matevosyan, K. Berdimuratovlar va boshqalarning asarlari saqlanadi. Muzeyda Ayimxon Shomurotova tomonidan ijro etilgan qo’shiqlarni ham eshitish imkoniyati mavjud.