Arxeologik to’plamlar

Nukus shahridagi O'zbekiston Badiiy akademiyasi Qoraqalpog'iston Respublikasi bo'limi qoshida qiziqarli arxeologik topilmalar ko’rgazmasi tashkil etildi. Ko’rgazma kolleksiyasi 3ta blokga bo’lindi.

Birinchisi:  Orol-Kaspiy mintaqasining cho’l hududlaridagi arxeologik materiallari, xususan, ushbu hududlarning qadimiy Paleolit va Neolit davrlariga oid toshdan yasalgan qurollari, hamda, Qadimiy va O’rta asrlarda ko’chmanchi va cho’ponchilik bilan shug’ullangan qabilalar: massaget, sarmat, pecheneg, o’g’uz va qipchoqlarning qo’rg’onlar majmualaridan iborat.

Boshqa blokda esa Qadimgi Xorazm madaniyati va san’ati na’munalari, xususan, miloddan avvalgi II-I asrlarga oid Aqshaxan-qal’ada joylashgan ibodatxona noyob devoriy tasvirlari, aks ettirilgan.  Tasvirlarning ko’pchiligini Qadimiy Xorazm hukmdorlari- soqol va mo’ylovsiz, dabdabali sochli, boshiga qush shaklidagi toj kiygan yosh yigitlarning portretlari galleriyasi tashkil etgan. Quloqlar qizil rangga bo’yalgan. Bu mutlaqo noodatiy va noyob detal hisoblanadi.  Ushbu portretlarning birida, shohning ismi va uning otasi "…gard, Yexich o'g'li" va "Qirol" ideogrammasi tasvirlangan shifrlangan yozuv (V.A.Livshits) bor edi. Ushbu tasvirlar, nafaqat mintaqadagi, Markaziy Osiyo va Yaqin Sharqdagi taniqli san'at asarlari orasida, balki Yaqin Sharq va Hindiston yarimoroli uzoq davlatlari yodgorliklari orasida ham beqiyos hisoblanadi.

Devoriy tasvirlarning ba’zi elementlari Qadimgi Xorazmning Yevroosiyo sak-skif qabilalari bepoyon olami va “hayvonlar uslubi” deb nomlangan san’at bilan aloqalari borligini tasdiqlaydi. Bunga ba’zi rasmlar qahramonlarining bo’yinlarida sher yoli borligi guvohlik beradi.

Uchinchi blokda qoraqalpoq xalqining kelib chiqishi bilan bog'liq, uchta erta O’rta asrdagi Janubiy Orolbo’yi  arxeologik madaniyatlaridan biri- “Kerder madaniyati”ga oid materiallar mavjud.