Muzeylar

Qoraqalpog’iston muzeylari bebaho dunyo merosi xazinasining ajralmas qismi hisoblanadi. Ular ushbu o’lkaning madaniy va tabiiy meroslarini keng namoyon etadilar.

Qoraqalpog’iston muzeylari rivojlanishi juda uzoq va qiziqarli tarixga ega. Qoraqalpog’istonda muzeylarni tashkil etilishi XIX asrda O’zbekistonda sodir bo’lgan tarixiy va madaniy jarayonlar bilan bog’liq. Ushbu davrda Toshkentda birinchi muzey-ekspozitsiyasi tashkil etilgan va Petro-Aleksandrovsk (hozirgi To’rtko’l) shahrida birinchi ekspozitsiya ko’rgazma tashkil etilgan. Ko’rgazmada 1876-1880 yillarda Istemes ko’lining qurigan qismidan topilgan topilmalar namoyish etilgan. Namoyish etilgan topilmalar qatorida: sopol va metal buyumlar, masjid qurilishi to’g’risidagi yozuvli metal plitaslar va etnografik materiallar bor edi.

1928-yilda Qoraqalpog’iston O’lkashunoslar Jamiyatiga asos solindi. 1929-yilda ushbu jamiyat tomonidan To’rtko’l shahridagi Madaniyat uyida ilk ko’rgazma tashkil etildi. Ko’rgazmada qoraqalpoqlarning milliy kiyimlari, uy-ro’zg’or anjomlari, qo’lyozmalar, To’rtko’l bosmaxonasida chop etilgan ilk kitoblar, fotosuratlar, va tasviriy san’at ijod namunalari namoyish etildi. Ushbu ko’rgazma nafaqat Amudaryoning quyi oqimi va Orol bo’yi mintasidagi, balki butun Markaziy Osiyodagi eng birinhi muzeylardan hisoblangan Qoraqalpoq  davlat o’lkashunoslik muzeyining tashkil etilishiga turtki bo’ldi. Ushbu muzeyni tashkil etishda Moskva davlat universitetidan N.A.Baskanov, N.V. Torchinskaya va yosh qoraqalpoq olimi K. Aimbetov faol ishtirok etishdi. Yil sayin muzey kolleksiyasi aholi tomonidan topshirilgan va S. P. Tolstov, T. A. Zhdanko, A. L. Melkov, J. Gulyamov and A. S. Morozov kabi mashhur olimlarning arxeologik, etnografik izlanishlari natijasida topilgan yangi eksponatlar bilan boyitildi.

 XX asrning o’rtalarida rassom, restavtator va etnograk I.V.Savitskiy kabi noyob shaxsning paydo bo’lishi, Qoraqalpog’iston muzeylari rivovlanishida katta o’zgarishlarni olib keldi. U, Qoraqalpog'iston davlat san'at muzeyi (hozirgi kunda I.Savitskiy nomida)ning tashkil etilishida va ushbu muzey kolleksiyalarining shakllanishida ulkan hissa qo’shgan. Ushbu o’lkaga kelgandan so’ng, Savitskiy xalq-amaliy san’ati buyumlarini to’plashni boshlaydi, hamda, muzey tashkil eitlgandan so’ng esa, rus avangardini tashkil qilgan notanish va noma’lum rassomlarning asarlarini yig’gan. U rus avangardi bo’yicha, Sankt-Peterburgdagi Rossiya muzeyi kolleksiyasidan so’ng ikkinchi eng katta kolleksiya hisoblanadi. O’zining noyobligi tufayli, muzey Qoraqalpog’istonning “marvaridi” deb nomlanadi; ingliz gazetasi “Gardian” uni “dunyoning eng ajoyib  muzeylaridan biri” deb nomlangan. 

So’nggi 20 yilda davlat tomonidan muzeylarni rivovlantirishga katta e’tibor berilmoqda. XX asrning ohirida Nukus shahrida Qoraqalpoq adabiyoti va etnografiyasiga bag’ishlangan Berdax muzeyi tashkil etildi. 1997 –yilda esa , zamonaviy rassomlar asarlari namoyish etiladigan O'zbekiston Badiiy akademiyasi Qoraqalpog'iston Respublikasi bo'limi  tashkil etildi va yaqindan boshlab, “Hunarmadchilikni rivojlantirish markazi”da qoraqalpoq milliy hunarmandchiligini qayta tiklash va rivojlantirishga oid amaliy ishlar olib oshirilmoqda. Huddi shu davrda, Qoraqalpog’istonda Shomurotovlar uy muzeyi ham tashkil etildi.

Hozirgi kunda Qoraqalpog’iston muzeylari, qoraqalpoq milliy madaniyatini qayta tiklash, targ’ib qilish va saqlab qolishda muhim o’rin egallaydi.