Fauna

Qoraqalpog’iston yetarli darajada boy va turf axil hayvonot dunyosiga ega. Unda 498 turdan ortiq umurtqali hayvonlar, jumladan, sutemizuvchilar-68, qushlar-307, sudraluvchilar-33, ham suvda ham quruqlikda yashovchi hayvonlar-2. va baliqlar -49 mavjud.

Qoraqalpog’iston hayvonot dunyosining o’ziga xosliklari mavjud. Sahroda yashovchi hayvonlar, eng tez yuguruvchi hayvonlar hisoblanadilar. Masalan, nisbatan sekin harakatlanadigan tipratikanlarning, bu yerda  katta quloqli va uzun ignali, yevropa tipratikanlariga qaraganda uzunroq qo’l-oyoqli turlari uchraydi.

Qoraqalpog’istondagi eng ko’p uchraydigan sut emizuvchilar: ingichka panjali yumronqoziq, qo’shoyoq, bo’ri, to’ng’iz, tulki v quyon; qushlardan esa: saksovul soykasi, dasht chumchug’i,  zag’isg’on; sudralib yuruvchilardan: kaltakesak, qum boa ilonlari; baliqlardan: oq amur, Amudaryo foreli, sazan, sudak, ilonbosh, odatiy xumboshbaliq va boshqalar hisoblanadi.

Umurtqasiz hayvon turlari umurtqalilardan 7 marta ko’proq uchraydi. Ularning eng ko’p uchraydigan turlari qatoriga: falanga, chayon, qum biyi (tarantul)lar kiradi. Shuni ta’kidlash joizki, bu hududda 1392dan ortiq hasharot turlari uchraydi.

So’nggi yillarda hayvon turlari soni keskin kamaydi. 63 turdagi hayvonlar O’zbekiston Qizil kitobiga (2003 y.) kiritildi. Mashhur osiyo gepardi va turon yo’lbarsi Xalqaro Tabiatni Muhofaza Qilish Ittifoqi (XTMQ)ning Qizil ro’yxatiga yo’qolib borayotgan sut emizuvchilar turi sifatida kiritildi.  Hind bo’rsig’i, turkman qoraqulog’i, turkman quloni, ustyurt qo’y kabi sut emizuvchilar XTMQga to’liq yo’qolib ketish xavfida bo’lgan turlar qatoriga kiritildi XTMQga, shuningdek, bir necha yo’qolib borayotgan qush turlari (marmar churrak) va baliq turlari (katta va kichik amudaryo kurakburunlari va boshqalar) kiritilgan.