Ochiq osmon ostidagi kemalar muzeyi (Kemalar qabristoni) bir vaqtlar o’rnida Mo’ynoq shahri porti bo’lgan joyda paydo bo’lgan. Qachonlardir Orol dengizida kezgan, yaroqsiz,tashlandiq, zang bosgan baliqchilik kemalari va barjalari, hozirda qachonlardagi jo’shqin dengizning tubida abadiy muzlagan.
XX asrning 30-yillarida Qoraqalpog’istonning shimolida tashkil etilgan Mo’ynoq shahrining tarixi, baliqchilik faoliyati bilan chamcharchas bog’liq. Bir vaqtlar ushbu shahar Orol dengizining sohilida joylashgan edi, hozir esa, dengiz shahardan yuzlab kilometr uzoqlashgan. Mo’ynoq shahri, Markaziy Osiyodagi nafaqat eng yirik baliqchilik sanoati bilan , balki o’zining ajoyib plyajlari va bolalar dam olish maskanlari bilan ham mashhur edi. Hozirda uning o’rnida hududi jihatidan mintaqadagi uchinchi eng katta cho’lga aylangan Orolqum paydo bo’lgan.
Hozirgi kunda Ochiq osmon ostidagi kemalar muzeyida 10ga yaqin kemani uchratish mumkin. Bir vaqtlar kemalar soni 100dan ortiq bo’lgan.