Qoraqalpog'iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi

Qoraqalpog'iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi Markaziy Osiyodagi eng qadimiy muzeylardan biri hisoblanadi. Uning tarixi 1929-yilda To’rtko’l shahrida Qoraqalpog’iston o’lkashunoslar jamiyati tomonidan tashkil etilgan ko’rgazmadan boshlangan. Hozirgi kunda muzey Nukus shahrida joylashgan va 3 bo’limga bo’lingan: tabiat, arxeologiya va etnografiya, zamonaviy tarixga oid 65000dan ziyod eksponatlardan iborat.

Muzeyda qadimgi hayvon va o'simliklarning qoldiqlari, Orol dengizining noyob va allaqachon yo'qolib borayotgan qushlari va hayvonlari tulumlari namoyish etiladi. Eksponatlar orasida “So’nggi Turon yo’lbarsi” noyob va diqqatga sazovor. Bu turdagi yo’lbarslar bir vaqtlar Oltoydan Qora dengizgacha bo’lgan hududda yashagan. Afsuslar, ular chiroyli terisi uchun qirib tashlangan. Ohirig Turon yo’lbarsi 1949-yilda mahalliy aholi tomonidan Amudaryo deltasida o’ldirilgan. Bundan habar topgan O’lkashunoslik muzey direktori hayvonning tanasini muzeyga olib kelib, uni hech bo’lmasa tulum sifatida saqlab qolish uchun barcha choralarni ko’rgan.

Arxeologik ekspozitsiyalar, Qadimgi Xorazm qal’alarining beqiyos maket va artefaktlaridan iborat. Shu jumladan, qo’y shoxli hayvon shaklidagi lekin inson qifoyali, 2500 yil avval Sulton Uvays tog’laridagi toshlardan o’yilgan kapitel ana shunday noyob artefaktlar qatoriga kiradi. Yana bir noyob eksponat: mil. av. VI-V asrlarga oid, hayvon oyoqlariga o’xshash uch oyoqli, ot shaklidagi dastali bronza qozondir.

Etnografik ko’rgazmalar qatoriga: qadimiy milliy libos, zargarlik buyumlari, yurta bezaklari, gilamlar, milliy musiqiy asboblar, qurol-yarog’lar, va ot anjomlari kirgan.

Muzeyning tarixiy to’plamlari esa qo’lyozmalar, ilk nashr etilgan kitoblar, tangalar, doston qahramonlari va tarixiy shaxslarning  portretlari, shuningdek, XX asrning boshlaridan buyon mintaqaning rivojlanishini aks ettirgan fotosuratlardan iborat.