Badiiy akademiya

O'zbekiston Badiiy akademiyasi Qoraqalpog'iston Respublikasi bo'limining faoliyati Qoraqalpog’istonning tasviriy va amaliy san’atini yanada rivojlantish va ommalashtirishga yo’naltirilgan. Badiiy akademiya bo’limida ko’rgazmalar zali, kutubxona, Qoraqalpog’istonlik ijodkorlarning tasviriy san’at asarlari va Hunarmandchilikni rivojlantirish markazi joylashgan. Ko’rgazmalar zalida har yili 20dan ortiq san’at ko’rgazmalari, master-klasslar, tanlovlar, festivallar va boshqa marosimlar o’tkaziladi.

YUNESKO ko’magi ostida tashkil etilgan Hunarmandchilikni rivojlantirish markazi Qoraqalpog'istonning milliy hunarmandchiligini tiklash, saqlash, targ'ib qilish va rivojlantirishga qaratilgan.Unda turli yo’nalishlar: gilam to’qish, kashtado’zlik, yurta bezaklari va boshqalar bo’yicha yosh hunarmandlar (va hunarmand ayollar) ish olib boradi. Shuningdek, ushbu markazda O’zbekiston va Qoraqalpog’istonning yetakchi hunarmandlari tomonidan turli xil o’quv dasturlari o’tkaziladi.