Milliy taomlar

Qoraqalpoq milliy oshxonasida ko’pincha un va yormadan tayyorlangan taomlardan tashkil topgan. Ularning orasida jugar unidan tayyorlangan go’shtli uzma hamir- beshbarmoq mashhurdir. Uning hamiri jugar uni, tuz va qaynatilgan suvdan qoriladi. So’ng, hamirni uzunchoq shaklda kesib chiqiladi va unda barmoqlarning shakli aks etadi. Keyin, uni go’shtli bulyonda qaynatiladi. Tayyor hamir uzmalarining ustiga go’sht va piyozli souv qo’shiladi.

Bug’doy unidan nonlar yopishadi. Katta tovoqda hamirni aralashtirib, uni o’qlovda yoyiladi. Ana shu hamirning o’zidan  ingichka qilib yoyilgan va mayda kesilgan to’rtburchak  hamir bo’laklari-baursak, va qo’lda yoyilgan hamirdan tayyorlangan qovurilgan nonlar - sozban tayyorlanadi. Shu hamirning o’zidan yana 2 xildagi ugra: kespas va kaysas tayyorlanadi. Kespas- naychaga juda ingichka qilib yoyilib va mayda qilib ugra qilib kesiladigan non hisoblanadi. Kaysas ni ham ana shunday tayyorlanadi, faqat unga yog’ ham qo’shiladi.

Ak saulak- tayyorlash uchun, bug’doy unidan qilingan hamir juda nozik katta non qilib yoyiladi va qizib turgan qozonda pishiriladi. Nonlarni qatiq yoki sariyo’g bilan tortiladi. As saulak bayramlar oldindan tayyorlab, quritib qo’yilib, bayram kunlarida bulyon va go’shtli taomlarga qo’shiladi.

Qoraqalpoqlarning yana bir mashhur taomi mayek borek  hisoblanadi. Yoyilgan hamirni kvadrat shaklda kesib chiqilib, convert shakliga keltirilib, uning ichiga ko’pirtirilgan tuxum va eritilgan yog’ qo’shiladi. Qozonda piyozni qovurilib, uning ustiga suv quyiladi. Quv qaynashi bilan, mayek borek ni qaynatiladi.

Qirg’oq bo’yidagi hududlarda deyarli barcha taomlar baliqdan tayyorlangan. Ularning orasida jugar yoki tariq undan tayyorlangan uzma xamirli baliq sho’rvasi yoki qovurilgan va quritilgan baliq mashhur hisoblanadi.

Qovunlar, tarvuzlar va qovoqlar quritilib, shirinlik sifatida tanavvul qilinadi.