Forumda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) ko‘magida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm boshqarmasi boshlig‘i boshchiligida Qoraqalpog‘istonlik tadbirkorlar va turoperatorlar ishtirok etdi. Qoraqalpog‘iston delegatsiyasi hududning sayyohlik salohiyati haqida yorqin taqdimot o‘tkazib, uning boyligi va sayohat qilish imkoniyatlarining xilma-xilligini namoyish etdi.
Aktau shahridagi taqdimot O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi hamkorlikning yangi ufqlarini ochib, qo‘shma turizmni rivojlantirish yo‘lidagi muhim bosqich bo‘ldi. Forum ishtirokchilari aloqalarni mustahkamlash va tajriba almashish uchun noyob imkoniyatlarga ega bo‘ldilar, bu, shubhasiz, turizm infratuzilmasini yanada rivojlantirish va Qoraqalpog‘iston Respublikasiga mehmonlarni jalb qilishga yordam beradi.