Qoraqalpog‘istondagi sho‘rxok Borsakelmas

Sho‘rxok Borsakelmas Qoraqalpog‘iston hududida, O‘zbekistonning g‘arbida joylashgan bo‘lib, u yerda o‘ttiz million yildan ko‘proq vaqt oldin, mezozoy davrida, hozirgi Qoraqum, Qizilqum hamda Ustyurt platosi cho‘llari hududi o‘rnida qadimgi Tetis okeani mavj urgan.

Ta’kidlash joizki, Qozog‘istonning Orol dengizi shimoli-sharqiy qismidagi “Borsakelmas” qo‘riqxonasi va O‘zbekistondagi “Borsakelmas” sho‘rxoklari bir-biridan mutlaqo farq qiladigan ikkita alohida manzildir.

“Borsang qaytmaysan” yoki boshqacha qilib aytganda, “Qaytib kelmaydigan joy” degan ma’noni anglatuvchi Borsakelmas maydoni 2000 km2 bo‘lgan sho‘rxokdir. Yaqin vaqtlargacha Orol dengizidagi orollardan biri bo‘lgan. XX asrda Orol dengizi eksponensial tezlik bilan quriy boshlagangi sababli, Borsakelmas materik bilan bir butun hududga aylandi.

Borsakelmas - afsonalar bilan sug‘orilgan joy. XX asrning o‘rtalarida taniqli arxeolog, Qoraqalpog‘iston tadqiqotchisi Sergey Pavlovich Tolstov mahalliy aholidan sho‘rxokda qirrador devorli ulkan qal’a – “Shayton qal’a” borligini, unda kechalari chiroqlar yonishini eshitgan. Olim sirli qal’a yaqinda uning jamoasi tomonidan Qoraqalpog‘istonda tadqiq etilgan qadimiy qal’alarga o‘xshashi mumkinmi, degan taxminga bordi. 1946-yil 14-sentyabrda Tolstov va uning jamoasi razvedka uchun kichik samolyotda yo‘lga otlandilar. Ular ulkan oppoq tekislikni ko‘rib hayratga tushdilar, ikkita  “orol”ni ko‘rdilar, lekin inson faoliyatining bironta ham alomatini ko‘rmadilar. Olim keyinchalik shunday deb yozgan edi: “Sun’iy inshootlarning hech qanday izi yo‘q. Mutlaqo! “Shayton qal’a”, xalq afsonasiga ko‘ra, odamlar tomonidan qurilmagan. Bu tabiat o‘yini”.

Borsakelmasda hayot va o‘simliklarning yo‘qligi dengiz suvi bug‘langandan keyin qolgan tuzning yuqori konsentratsiyasi bilan bevosita bog‘liq. Bug‘lanib ketgan suv o‘zidan keyin qalin, po‘stloq bilan qoplangan tuz qatlamini qoldirgan, u erimagan va yomg‘irlarda yuvilib ketmagan, chunki bu yerda yomg‘ir deyarli hech qachon yog‘maydi. Uzoqdan qor qoplamiga o‘xshab ko‘rinadi va hatto yaqinroqda qattiq kristallari quyoshli kundagi chang‘i trassasidagi muzga o‘xshaydi. Unda  yurganingizda yuza qirsillaydi va darz ketadi.

Siz mashinani qoya tepasida qoldirib, u yerdan pastga, sho‘rxok tomonga yurishingiz kerak bo‘ladi. Piyoda tushish taxminan 15 daqiqani oladi, chunki u ko‘ringanidan ko‘ra uzoqroq. Juda uzoqqa borish tavsiya etilmaydi, chunki istalgan paytda tuzning yupqa qobig‘i bilan niqoblangan shuvoqqa yiqilib tushish mumkin.  Eng xavfsizi qirg‘oqqa yaqinlashishdir. Borsakelmasga sayohat qilish faqat jismoniy tayyorgarlik ko‘rgan sayohatchilargagina uchun tavsiya etiladi.

Tuz zaxiralari juda katta va uni aniq hisoblab bo‘lmaydi, sho‘rxokning sharqiy chekkasida esa ufqda odamlarning soyalarini ko‘rish mumkin: tuz qazib oluvchilar sotish uchun tuz yig‘adilar.

Borsakelmas - borish qiyin, kam o‘rganilgan va xavfli joy. Xavf-xatarga qaramay, Borsakelmas favqulodda chiroyli joy bo‘lib, odamlarda qo‘rquv va zavqning g‘alati aralashmasini uyg‘otadi. Bu yerda ko‘plab noyob, jozibali fotosuratlarni olish mumkin. Manzara ilmiy-fantastik yoki fantastik film uchun fonni eslatadi. Yuqoridan ko‘zni qamashtiradigan va pastda oppoq tuzda aks etadigan yorqin quyosh. Shunchaki ehtiyotkor bo‘ling va syurrealistik fotosuratlar bu harakatlaringiz uchun ajoyib mukofot bo‘ladi, ayniqsa biroz yomg‘irdan keyin.

Borsakelmasga borishga qaror qilgan sayyohlar, odatda, Nukus-Mo‘ynoq-Orol dengizi-Sudochye-Nukus yo‘nalishi doirasida tashrif buyurishadi. Sho‘rxokka olib boradigan eng qisqa yo‘l - Nukusdan to‘g‘ri yo‘l bo‘lib, uzunligi 200 km va aksincha. Borsakelmasga sayohat qilish uchun yilning eng yaxshi vaqti bahor va kuz, kunning jaziramasidan qochish uchun ertalab yoki kechqurun brogan ma’qul.