Madaniy meros

Qoraqalpog’iston noyob va boy madaniy merosga ega. Bu uning qadimiy arxeologik va me’moriy yodgorliklari, o’ziga xos xalq og’zaki ijodi, ijro san’ati, urf-odatlari va milliy hunarmandchilik faoliyatida aks etadi.

Qoraqalpog’iston hududida ko’plab arxeologik va me’moriy yodgorliklar bo’lib, ular asosan mudofaa binolari va aholi turar joylari bo’ylab qad rostlagan bir necha ajoyib qal’alar misolida o’z aksini topadi. Ularning eng qadimiysi miloddan avvalgi IV asrga (Qadimgi Xorazmning Ahamoniylar imperiyasi tarkibidan chiqishi davri) borib taqaladi.

Miloddan avvalgi I asrning boshlarida Qadimiy Xorazm, Kushon imperiyasiga qadar yetib borgan madaniyatning ta’siri ostida qoldi. Buning eng yorqin misolida, ajoyib Tuproq-qal’a shahri va qal’asining qurilishini ko’rish mumkin. Bu davrga kelib, qurilishning yangicha shakllari, shu jumladan, aholi punktlari ichidagi shakli biroz kichikroq qal’alar paydo bo’ldi.

Qadimgi Xorazm shuningdek, zardushtiylikning vatani hisoblanadi. Bunga, saqlanib qolgan ko’plab arxeologik yodgorliklar: dahmalar, olovga sig’inadigan ibodatxonalari, ossuariylardan iborat (mayyitlar suyaklari) qabristonlari va boshqalar dalolat beradi. VIII asrda Islom dini kirib kelishi bilan nafaqat ushbu hududdagi aholining turmush tarzi va dini, balki shaharning arxitekturasi ham katta o’zgarishlarga uchradi. Ilk pishgan g’isht paydo bo’ldi va undan ajoyib me’moriy bezaklar va epigrafik yozuvlar bilan bezatilgan serhasham maqbaralar, masjidlar va gumbazli xonaqohlar qurildi.

Orolbo’yi mintaqasi, minglab yillar davomida madaniyatlarning chorrahasida bo’lgan. Ushbu mintaqadan Ustyurt platosi orqali Yevropa, Kavkaz,  Old Osiyo, Markaziy Osiyo va Xitoy xalqlari orasida madaniy va iqtisodiy aloqalarni rivojlanishida katta hissa qo’shgan Buyuk Ipak yo’li o’tgan.  

Buyuk Ipak yo’lining asosiy yo’nalishlaridan biri Don daryosining pastki oqimida joylashgan katta qadimiy Tanais shahridan o’tgan. Keyinchalik u janubiy rus tepaliklari, Quyi Povoljye, Orolbo’yini kesib o’tib, Janubiy Qozog’iston  orqali Oltoy va Sharqiy Turkistonga chiqqan va Buyuk Ipak yo’lining asosiy katta yo’li bilan birlashgan degan farazlar mavjud. 

Shimoliy Orolbo’yidan Xorazm orqali o’tgan ushbu yo’lning yo’nalishlaridan biri So’g’diyona va yanada janubroqqacha borgan. Shunday qilib, Buyuk Ipak yo’li tarixi bilan bog’liq bir necha ming tarixiy va me’moriy yodgorliklar, Farg’ona vodiysidan Orol dengizi sohiligacha bo’lgan hududda joylashgan.

Qoraqalpoqlarning o’ziga xosligi, ularning xalq og’zaki ijodi, raqs va musiqa madaniyati va marosimlarida aks etgan bo’lib, bugungi kunda ular, xalqning ajralmas qismi hisoblanadi. Ularning eng keng ommalashgan turlariga, jiraular (xalq oqinlari) va baxshilar (qo’shiqchi-mashshoqlar) va eposlar (Alpomish va Qirq qiz va boshqalar) kiradi.

Qoraqalpog’iston ana’nalari hunarmandchilikda ham yaxshi namoyon bo’lgan. Qoraqalpoq qadimiy hunarmandchilik namunalaridagi sodda naqsh va shakllar, ularning Qadimiy va O’rta asr Markaziy Osiyo ko’chmanchilari san’ati bilan bog’liqligini ko’rsatadi.  Qoraqalpoqlarning qadimiy hunarmandchiligi, ularning qadimiy turar joylari (yurtalar), zarur uy- ro’zg’or buyumlari va mavjud materiallari (yung, teri, suyak, yog’och, paxtalar) asnosida rivojlangan. XX asrning boshlarida yurtalarni bezatish uchun ayollar, bezakli matlar, rangbarang kigizlar tayyorlashgan, naqshli polos va sholchalar to’qishgan shuningdek, qiyqimlar to’qimachiligi bilan shug’ullanishgan. Barcha voyaga yetgan ayollar kashtachilik hunarini egallashgan. Erkaklar esa murakkabroq hunar turlari bo’lmish, yurtalar va musiqiy asboblarni tayyorlash, yog’och o’ymakorligi, zargarlik buyumlari, terini qayta ishlash va boshqalar bilan mashg’ul bo’lishgan.