Joriy yil 4 fevral kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm boshqarmasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari R.Zarikeev, Turizm boshqarmasi boshlig‘i B.Kusekeev, shuningdek, Bosh Prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Soliq boshqarmasi mas’ul xodimlari ishtirokida Respublikada turizm sohasidagi faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.





Uchrashuv davomida turizm sohasida soliq tizimida yangilik va o‘zgarishlar, turizm sohasida soliq imtiyozlari, sohada yashirin iqtisodiyot ulushini kamaytirish bo‘yicha tushunchalar berildi. Shuningdek, tadbirkorlar tomonidan berilgan taklif va muammoli masalalar muhokama qilindi.