Kuala-Lumpurdagi “MATTA Fair”

Bugungi kunda MATTA 2900 dan ortiq a’zo tashkilotlarga ega bo‘lib, ular orasida mahalliy sayyohlik tashkilotlari va ko‘plab chet eldagi filiallari mavjud. Shuningdek, u butun mamlakat turizm sanoatining milliy vakillik organi hisoblanadi.

MATTAning maqsadi Malayziyada sayohat va sayyohlik sanoati manfaatlarini targ‘ib qilishdir. MATTA Malayziya Turizm, san’at va madaniyat vazirligi va Malayziya Turizmni targ‘ib qilish bo‘yicha kengashi bilan yaqin hamkorlikda sayyohlik sanoati haqida jamoatchilik xabardorligini oshirish va uning a’zolariga foyda keltirish maqsadida yarmarkalar, seminarlar, kongresslar va mahorat darslari tashkil etishga yordam beradi.

Qo'shimcha ma'lumot olish uchun fair@nationalprcentre.com elektron manzili yoki +998781290990 telefon raqamlari orqali bog‘lanishingiz mumkin.

Sana: 2025-yil 5-7-sentyabr

Ariza topshirishning oxirgi muddati: 2025-yil 15-iyulgacha

Manba: https://www.matta.org.my/about-us