"Dunyo xazinalari": Bettani Xyuzning O‘zbekistonga sayohati

Buyuk Britaniyaning "SandStone Global" kompaniyasining dunyoga mashhur "Jahon xazinalari" hujjatli seriali 120 dan ortiq mamlakatlar tomoshabinlari mehrini qozondi. Serial nafaqat milliy, balki xalqaro matbuotda ham keng qiziqish uyg‘otmoqda, ijtimoiy tarmoqlarda ham o‘zining sodiq muxlislariga ega. 2023-yilda "Dunyo xazinalari" serialining global qamrovi hayratlanarli darajada 3,9 milliard kishini tashkil etdi!

Ko‘plab mukofotlarga sazovor bo‘lgan tarixchi va teleboshlovchi, professor Bettani Xyuz tomoshabinlarni Gretsiya, Malta, Gibraltar, Arabiston, Iordaniya, Kipr, O‘rta yer dengizi, Sharqiy va G‘arbiy Turkiya, Istanbul, Albaniya, Ozarbayjon, Estoniya, Bolgariya, Hindiston, Ummon va Gruziyaning tarixiy va madaniy diqqatga sazovor joylari bilan mohirona tanishtiradi. Serial shu qadar katta e’tirofga sazovor bo‘ldiki, u namoyish etilgan ko‘plab mamlakatlar suratga olish guruhini yangi filmlar ustida ishlashni davom ettirishga taklif qilishdi.

Kompaniya O‘zbekiston bilan hamkorlikda Nukus shahridan boshlangan yangi "Treasures of Uzbekistan" ("O‘zbekiston xazinalari") loyihasini yaratishga kirishdi. Bettani Xyuz Amudaryoning quyi oqimiga, mamlakatning shimoli-g‘arbidagi olis Qoraqalpog‘istonga qiziqarli sayohatga chiqadi. Buyuk Qizilqum sahrosi, sho‘rxoklar va Orol dengizi yastanib yotgan bu sirli o‘lkada insoniyatning boy tarixi saqlanib qolgan.

Sayohat davomida Bettani noyob Mizdaxkan nekropoli va ulug‘vor zardushtiylik Chilpiq sukunat minorasi bilan tanishadi, qadimiy sirlar va afsonalar muhitiga sho‘ng‘iydi. U mahalliy aholi hamda tarix, arxeologiya va san’at sohasidagi mutaxassislar bilan yaqindan tanishib, O‘zbekistonning noyob merosi boyligi va xilma-xilligini ochib beradi.

Qoraqalpog‘iston poytaxti Nukus XX asrda bu hudud kutilmaganda jahon san’ati markaziga aylangani bilan Bettaniyni hayratga soladi. Rassom va san’at ixlosmandi Igor Savitskiy Nukusning sovet hokimiyati markazlaridan uzoqligidan foydalanib, Stalin hokimiyati tomonidan ta’qibga uchragan iste’dodli rassomlar tomonidan yaratilgan taqiqlangan avangard san’atining noyob kolleksiyasini to‘pladi va saqlab qoldi. Bu kolleksiya Markaziy Osiyoning eng muhim merosiga aylandi.

Filmning bir qismi Xorazmning oltin uzugiga bag‘ishlangan. Qizilqumning yovvoyi kengliklarida Betтани miloddan avvalgi VI-IV asrlarda qurilgan 50 ta Xorazm qal’alaridan ba’zilarini ziyorat qiladi.

Eng ta’sirli qal’alardan biri Tuproqqal’a va Ayozqal’a bo‘lib, u yerda Bettani tunni o‘tovda o‘tkazdi, uning atrofida bepoyon sahro, qadimiy qal’a xarobalari va ajoyib yulduzli osmon mavjud edi.

Film tomoshabinlarni Buyuk Britaniya va butun dunyo bo‘ylab namoyish etiladigan bir soatlik qiziqarli teleko‘rsatuvda O‘zbekistonning "xazinalari" bilan tanishtiradi. Turli ijtimoiy tarmoqlarda faol targ‘ib qilish keng auditoriyaga O‘zbekistonning ulug‘vorligi bilan tanishish va uning boy merosining jozibasini his qilish imkonini beradi.