“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul boshlanganini ma’lum qiladi.
Ta’lim dasturlari zamonaviy yondashuv, chuqur nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni uyg‘unlashtirganligi bilan ajralib turadi.
Universitet quyidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlash orqali nufuzli oliygohda o‘qish imkoniyatini taklif qiladi:
– Turizm va mehmondo'stlik;
– Xalqaro munosabatlar;
– Biznesni boshqarish;
– Marketing;
– Logistika;
– Iqtisodiyot;
– Menejment;
– Filalogiya va tillarni o’qitish: yapon tili;
– Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili;
– Tarjima nazariyasi va amaliyoti: koreys tili;
– Tarjima nazariyasi va amaliyoti: xitoy tili;
– Muzeyshunoslik: muzey menejmenti va madaniy turizm;
– Arxeologiya.
Universitet rahbariyatining ta’kidlashicha, ushbu yo‘nalishlar mintaqada va xalqaro miqyosda katta talabga ega bo‘lgan sohalarni qamrab oladi. Darslar xalqaro tajribaga ega malakali professor-o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi. Shuningdek, talabalar uchun xorijiy oliygohlar bilan hamkorlikda almashinuv dasturlari va amaliyot o‘tash imkoniyatlari yaratilgan.
Qabul va o‘qishga oid batafsil ma’lumotlar quyidagi telefon raqamlari orqali taqdim etiladi:
66-240-67-70 66-240-67-86