"EXPOTRAVEL-2025" - turizm sohasidagi yorqin voqea bo‘lib, an’anaviy ravishda kuz-qish sayyohlik mavsumini boshlab beradi. Ko‘rgazmada har yili 120 dan ortiq ishtirokchi, jumladan, xorijiy mamlakatlarning milliy vakolatxonalari, Rossiya Federatsiyasi mintaqalari, Rossiya, yaqin va uzoq xorij mamlakatlarining yirik turoperatorlari, aviakompaniyalar va mehmonxonalar, shuningdek, turizm biznesining boshqa yirik vakillari qatnashadi. Ushbu Ko‘rgazma doirasida "road-show" tadbirlari ham rejalashtirilgan bo‘lib unda b2b uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.
Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun fair@nationalprcentre.com elektron manziliga yoki +998781290990 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin
O‘tkazilish sanasi: 2025-yil 2-3-oktyabr
Ariza topshirish muddati: 2025-yil 22-sentyabrgacha