Milliy ot o'yin festivali

Muynak tumani, Qoraqalpog'iston Respublikasi


Milliy ot o'yin festivali

Qoraqalpoqlar azaldan yarim ko‘chmanchi hayot kechirganlar. Ko‘pchilik qo‘shni xalqlar kabi qoraqalpoqlarning ajdodlari uchun ham otlar kundalik hayotning ajralmas qismi bo‘lgan.

Bugungi kunda otlar va chavandozlik san’ati bilan bog‘liq bir qator an’analar saqlanib qolgan. "Iloq o‘yin," "Qiz o‘g‘irlash", "Tanga olish" kabi milliy ot o‘yinlari va musobaqalari bunga yorqin misol bo‘la oladi. Bularning barchasini har yili Mo‘ynoqda o‘tkaziladigan milliy ot o'yin festivalida ko‘rishingiz mumkin.