Foydali ma'lumotlar

O‘zbekiston ko‘p yillar mobaynida sayohatchilarning qiziqishini zabt etdi. Mamlakatimizga har yili minglab sayyohlar tashrif buyurib, mintaqamizning boy tarixi bilan tanishish va dunyodagi mashhur madaniy yodgorliklarni ko‘rishni istashadi.

Biroq buni amalga oshirishdan oldin, barcha xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekistonga kirishi hamda uning hududi bo‘ylab tranzit qilishi faqatgina kirish vizalari mavjud bo‘lgandagina mumkinligini bilish lozim.

Faqat ma’lum bir davlatlar fuqarolari O‘zbekistonga viza olmasdan kirishi mumkin.

Shunday qilib, ikki tomonlama vizasiz rejim 10 MDH mamlakatlari, Qirg‘iziston (60 kungacha), Tojikiston (30 kungacha), Ozarboyjon, Armaniston, Belorussiya, Gruziya, Qozog‘iston, Moldova, Rossiya va Ukraina bilan o‘rnatilgan.


2018 yil fevral oyidan boshlab O‘zbekistonda 9 mamlakat uchun vizasiz rejim joriy etildi:

Turkiya, Yaponiya, JanubiyKoreya, Isroil, Malayziya, Indoneziya, Singapur, FransiyavaTojikiston.

Ushbu mamlakatlar bilan vizasiz rejim mamlakatga kirish kunidan boshlab 30 kun davomida amal qiladi. Ushbu tartib safar maqsadidan qat’iy nazar, barcha toifadagi pasport egalari uchun amal qiladi. Tashrifning 30 kunlik muddatidan oshib ketilganda, O‘zbekistonda bo‘lish qoidalarining buzilish holati deb qayd etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 yanvardagi farmoniga muvofiq, xorijiy fuqarolar uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratish va mamlakatning boy tabiiy, madaniy va tarixiy merosining mavjud imkoniyatlari hamda resurslaridan har tomonlama foydalanish maqsadida,2019 yil 1 fevraldan 45 ta davlat fuqarolari uchun 30 kunlik muddatga vizasiz rejim joriy qilindi.

Mazkur davlatlar orasiga quyidagilar kiradi:

Avstraliya, Avstriya, Argentina, Bosniyava Gersegovina, Vatikan, Lyuksemburg, Vengriya, Bruney–Dorussalom, Gretsiya, Irlandiya, Islandiya, Italiya, Kanada, Andorra, Lixtenshteyn, Monako, Belgiya, Daniya, Ispaniya, Niderlandiya, Norvegiya, Shvetsiya, Latviya, Litva, Mongoliya, YangiZelandiya, Portugaliya, Bolgariya, KiprRespublikasi, Malta, Polsha, San–Marino, Serbiya, Sloveniya, Xorvatiya, Chili, Ruminiya, Slovakiya, BuyukBritaniya, Braziliya, Finlyandiya, Chernogoriya, Chexiya, Shveysariya, Estoniya.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 yanvardagi farmoniga muvofiq, quyidagilar ko‘zda tutiladi:

  • 2019 yil15 martdan boshlab mazkur mamlakatlarga 30 kunlik amal qilish muddati bo‘lgan elektron kirish vizasining quyidagi turlarini berish tizimi joriy etiladi:
  • ikki martalik, konsullik yig‘imi 35 AQSh dollari miqdorida;
  • ko‘p martalik, konsullik yig‘imi 50 AQSh dollari miqdorida.

в) 5-ilovaga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyuruvchi xorijiy fuqarolarning ayrim guruhlari uchun qo‘shimcha (elektron bo‘lmagan) toifadagi vizalar berilishini joriy etish.

Chet el fuqarolari uchun O‘zbekiston Respublikasiga kirish vizalari (kirish, chiqish-chiqish, tranzit):

  • O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik idoralari, agar u mavjud bo‘lmagan holda, va o’sha bo’lmasa konsullik idoralari – O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan ikki tomonlama bitimlarga ega bo‘lgan boshqa davlatlarning konsullik muassasalariga;
  • O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Samarqand, Buxoro, Urganch, Nukus shaharlari xalqaro aeroportlaridagi konsullik bo‘linmalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi viloyatlariga biznes va turizm maqsadlarida tashrif buyuruvchi chet ellik fuqarolarga;
  •  O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurishni istagan fuqarolarning davlatlarida O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari mavjud bo‘lmagan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga murojaat qilishga asosan, Islom Karimov xalqaro aeroportida xorijliklar uchun viza ta’minoti sektorlariga beriladi.

Viza talabnomasi O‘zbekiston hududida doimiy yoki vaqtincha joylashgan yuridik va jismoniy shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yozma iltimosnomasi asosida rasmiylashtiriladi.

Qisqa muddatli vizasiz kirish

2018 yil 15 iyuldan boshlab O‘zbekistonda 101ta davlat bilan qisqa muddatli vizasiz rejimi joriy etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq, chet el fuqarolarining mamlakatga kirishini soddalashtirishga qaratilgan qator chora-tadbirlar nazarda tutilgan. Jumladan,uchinchi tomonga aviachiptasi bo‘lgan holda, O‘zbekistondagi xalqaro aeroportlardan birida tranzit-qatnovni amalga oshirayotgan xorijiy yo‘lovchilar besh kundan ortiq bo‘lmagan muddadda vizasiz O‘zbekistonga kirish, vaqtincha bo‘lish va o‘tkazish punktlari orqali chiqib ketish tartiblari joriy etilmoqda.

16 yoshgacha bo‘lgan chet ellik fuqarolar uchun vizasiz rejim

Mazkur rejim butun mamlakat bo‘ylab keng joriy etiladi va O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan kundan boshlab 90 kundan ortiq bo‘lmagan muddat ichida unga hamrohlik qiluvchi shaxsning pasportiga kirish vizasining muddatiga qarab belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasi hududiga vizasiz kirish uchun 16 yoshga to‘lgan shaxslar  qonuniy vakillari homrohlik qilish sharti bilan xorijga chiqish pasporti yoki biometrik hujjatiga ega bo‘lishi shart.  Bunday holatda kirish vizasi belgilangan tartibda migratsiya va TIO fuqaroligini ro‘yxatga olish organlari tomonidan beriladi.


 E-VISA.UZ

2018 yil 9 iyul kuni Toshkentda E-VISA.UZ elektron kirish vizalarini berisht izimi haqida taqdimot bo‘lib o‘tdi.

Tizimningafzalliklari

O‘zbekistonRespublikasiPrezidentining“O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy fuqarolarning kirishi tartibini optimallashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorigamuvofiq, vazirlikvaidoralarga 2018 yil1 oktyabrigachamamlakatga tashrif buyuradigan xorijiy fuqarolarning ayrim guruhlari uchun qo‘shimcha kirish vizalari toifalarini berish bo‘yicha takliflar kiritish topshirig‘i berilgan:

 «Silkroad» — Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylabjoylashgan davlatlarning bir nechtasiga tashrif buyurish huquqini beruvchi viza;

«Vatandosh»— asli o‘zbekistonlik bo‘lgan kishilar va ularning oila a’zolari uchun O‘zbekiston fuqarosi hisoblangan qarindoshlari tomonidan taklif etilgan hollarda beriluvchi ikki yillik viza;

«Golden visa» — yirik xorijiy investorlar uchun o‘n yillik vizalar.

 Yuridik shaxslar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

  • Tashkilotning rasmiy blankida to‘ldirilgan, o‘rnatilgan namunadagi Viza talabnomasi;
  • evisa.mfa.uz saytidan olingan elektron anketa;
  • Taklif qilinayotgan shaxsning, tashkilot rahbarining va tashkilotning hujjatlarini topshirishga vakolatli xodimining pasportlari nusxalari;
  • Tashkilotning rasmiy hujjatlari nusxalari (litsenziya, sertifikat, guvohnoma va hk.);
  • Tashkilot rahbari va vakolatli xodimining ishga joylashish to‘g‘risidagi buyruqlari nusxalari;
  • Tashkilotning vakolatli xodimi nomiga berilgan ishonchnoma nusxasi;
  • Viza Toshkent shahrining aeroportida olinishi mo‘ljallangan holatlarda – aviachipta yoki bron nusxalari;
  • Taklif qilinayotgan shaxsning ish joyidan ma’lumotnoma.

Jismoniy shaxslar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

  • O‘rnatilgan namunadagi Viza talabnomasi;
  • evisa.mfa.uz saytidan olingan elektron anketa;
  • Taklif qilinayotgan va taklif qilayotgan shaxslarning pasportlari nusxalari;
  • Ichki ishlar organlari tomonidan olingan taklifnoma ruxsatining asli;
  • Qarindoshlik aloqalarini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari (agar bo‘lsa);
  • Viza Toshkent shahrining aeroportida olinishi mo‘ljallangan holatlarda – aviachipta yoki bron nusxalari.
  • Yuridik va jismoniy shaxslarning o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga taqdim qilingan yozma iltimosnomalari 10 ish kuni davomida ko‘rib chiqiladi.

Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar viza olish uchun O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:

  • pasport yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs hujjati (ushbu hujjatlarning amal qilish muddati viza muddatidan kamida 3 oydan ko‘p bo‘lishi lozim);
  • 2 nusxada to‘liq to‘ldirilgan viza talabnomasi;
  • 2 ta rangli fotosur’at (pasport o‘lchamida).

 Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tranzit viza olishlari uchun yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari ketayotgan davlatning vizasi va O‘zbekistondan chiqib ketish sanasi tasdiqlangan yo‘l hujjatlariga ega bo‘lishlari lozim. Ushbu holda viza talabnomasini ko‘rib chiqish muddati 3 kunni tashkil etadi.

O‘zbekiston Respublikasining diplomatik muassasasi yoki konsullik vakolatxonasi bo‘lmagan davlat fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar vizani O‘zbekistonga kelib, Tashqi ishlar vazirligining «Toshkent» xalqaro aeroportidagi viza bilan ta’minlash sektoridan olishlari mumkin. Buning uchun O‘zbekiston hududidagi taklif qiluvchi jismoniy yoki yuridik shaxs o‘rnatilgan tartibda oldindan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga murojaat qilishi, Konsullik boshqarmasining Viza bilan ta’minlash bo‘limidan tegishli tasdiq (shtamp) olishi va uni taklif qilinuvchi shaxsga yuborishi lozim. Mazkur tasdiq taklif qilinuvchi shaxs tomonidan aviachipta xarid qilish va o‘z davlatidagi pasport tekshiruvidan o‘tish paytida taqdim etiladi va ushbu hujjat asosida Tashqi ishlar vazirligining «Toshkent» xalqaro aeroportidagi viza bilan ta’minlash sektorida unga viza rasmiylashtiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq vizalarni rasmiylashtirish va berish uchun quyidagi konsullik yig‘imlari o‘rnatilgan:

a) Bir martalik vizalar uchun:

7 kungacha — 40 AQSh dollari;

15 kungacha — 50 AQSh dollari;

30 kungacha — 60 AQSh dollari;

3 oygacha — 80 AQSh dollari;

6 oygacha- 120 AQSh dollari;

1 yilgacha — 160 AQSh dollari.

Izoh: har bir qo‘shimcha kirishlar soni uchun tariflar stavkasi 10 AQSh dollariga oshiriladi.

 

b) Ko‘p martalik vizalar uchun:

6 oygacha- 150 AQSh dollari;

1 yilgacha — 250 AQSh dollari.

 

c) Tranzit vizalar uchun:

72 soatgacha — 40 AQSh dollari;

ikki martalik tranzit viza uchun — 50 AQSh dollari.

 

d) Guruh vizalari uchun (guruhda 16 yoshgacha bo‘lgan bolalardan tashqari kamida 5 kishi bo‘lishi lozim):

15 kungacha — 15 AQSh dollari (har bir kishi uchun);

30 kungacha — 25 AQSh dollari (har bir kishi uchun).

Bundan tashqari viza berish paytida viza rasmiylashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan haqiqiy harajatlarni qoplash uchun yig‘imlar undiriladi. Bunday yig‘imlarning miqdori viza rasmiylashtirilayotgan joyga bog‘liqdir (murojaat qilayotgan shaxsning fuqaroligidan qat’iy nazar).

Izoh: O‘zbekiston Respubliksasi bilan tegishli ikki tomonlama shartnoma va kelishuvlar tuzgan davlat fuqarolariga nisbatan O‘zbekistonga kirish vizasini rasmiylashtirishning boshqacha tartibi joriy qilingan bo‘lishi mumkin.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 oktyabrdagi «Turkiya Respublikasi fuqarolari uchun vizaga oid jarayonlarni soddalashtirish to‘g‘risida»gi PQ-3347 sonli qarori bilan quyidagi toifadagi turkiyalik fuqarolar uchun vizalarni berishning soddalashtirilgan tartibi joriy etildi:

O‘zbekistonga ishbilarmonlik maqsadlarida tashrif buyuradigan Turkiya fuqarolariga beriladigan, bir yilgacha bo‘lgan muddat uchun ko‘p martalik vizalar O‘zbekistonning xorijdagi idoralarida 3 ish kunida (hujjat topshirilgan kun e’tiborga olinmasdan) rasmiylashtiriladi. Bunda taklif etayotgan yuridik shaxsning O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligiga murojaat qilish talabi bekor qilindi.

O‘zbekistonga bir oygacha bo‘lgan muddatga sayyohlik maqsadida kelayotgan Turkiya fuqarolariga vizalar ham 3 ish kunida (hujjat topshirilgan kun e’tiborga olinmasdan) rasmiylashtiriladi. Bu holda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va respublikaning boshqa sayyohlik tashkilotlari vaucherlarini taqdim etish talabi bekor qilindi.

O‘zbekistonga tashrif buyuruvchi sayyohlar uchun T-6 shaklidagi bojxona deklaratsiyasida majburiy deklaratsiya bilan cheklanmagan miqdorda chet el valyutasini olib kirish rezident yoki rezident bo‘lmagan shaxslarga ruhsat beriladi.

5000  AQSh dollari  ekvivalentidan  oshadigan miqdordagi  naqd  xorijiy valyuta respublikamizga bojxona  organlari  tomonidan TS-28  shaklidagi  guvohnomani berish  bilan kiritiladi.

Norezidentlarga O‘zbekiston  Respublikasidan tashqariga naqd xorijiy valyutani olib chiqish bojxona deklaratsiyasiga  muvofiq, ilgari respublikaga olib kirilgan  summa  doirasida ruhsat etiladi.

Т-6 shaklidagi bojxona deklaratsiyasi (kirish vaqtida to‘ldiriladigan) va TS-28  shaklidagi guvohnomasi (kirish vaqtgida bojxona organlari tomonidan beriladigan)da ko‘rsatilgan  summalardan  ortiqcha naqd  xorijiy  valyutani olib  chiqishga vakolatli banklarning ruxsatnomasi bilan yo‘l qo‘yiladi.

Naqd xorijiy valyutani, sayohlik cheklarini, valyuta va tovar-moddiy boyliklarni va boshqa narsalarni og’zaki ravishda tekshirishni va e’lon qilmaslikni e’lon qilmagan yoki bajarmagan bojxona xodimi bojxona qoidalarini buzgan va ularni sodir etgan shaxslar javobgarlikka tortiladilar

Ehtoyotbo‘ling, O‘zbekiston  Respublikasining  bojxona chegarasi  orqali  olib o‘tilayotgan  naqd  xorijiy valyuta,  yo‘l cheklari,  valyuta,  tovar-moddiy boyliklarni  va  boshqa predmetlarni deklaratsiyalamaslik yoki  noto‘g‘ri  deklaratsiyalash,  og‘zaki so‘rov  vaqtida  bojxona xodimiga ma’lumotlarni  bermaslik  yoxud noto‘g‘ri  ma’lumotlar  berish bojxona  qoidalarining  buzilishi hisoblanadi  va bunga  yo‘l  qo‘ygan shaxslar  O‘zbekiston  Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.

Yo‘l cheklarini  olib  chiqish, ular  miqdorini  T-6 bojxona  deklaratsiyasida  ko‘rsatish оргали ruxsat beriladi.

Naqd  xorijiy  valyutani olib  chiqishga  ruxsat beradigan  bank  ruxsatnomasini  boshqa shaxslargatopshirishga ruxsat berilmaydi.

Bojxona  nazorati  paytida aniqlangan  qalbaki  naqd xorijiy  valyuta  o‘tkazilmaydi. Aniqlangan qalbaki  valyuta  olib qo‘yilib,  qonunda  belgalangan protsessual  hujjatlar rasmiylashtiriladi.

Shuningdek, e’tiborga olish kerakki, jismoniy shaxslarning o‘z ehtiyojlari uchun olib kirgan tovarlari O‘zbekistonga bojxona to‘lovlarini to‘lamasdan beriladi:

– Chegaradosh bo‘lmagan davlatlardan umumiy qiymati 1000 dollardan ortiq bo‘lmagan tovarlar uchun;

– chegaradosh davlatlar (Afg‘oniston, Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, Тurkmaniston) hududidan olib kelinayotgan, umumiy qiymati 10 AQSh dollar bo‘lgan tovarlar uchun

Jismoniy shaxslar tomonidan aksiz  solig‘ini to‘lashga oid bo‘lmagan tovarlarni import qilish normalari:
  • Kofein yoki kofeinsisiz qovurilgan yoki qovurilmagan qahva – 2 kg;
  • Baliq ikrasi- 0,5 kg;
  • Ikra o‘rnini bosadiganlar – 1 kg;
  • Qandolat mahsulotlari- 5 kg;
  • 2 kg – 5 kgdan oshiq plitka va o‘ramlardagi shokoladlar;
  • Don mahsulotlari, kraxmal va un, unli qandolat mahsulotlari – 10 kg;
  • sabzavot, meva, yong’oq yoki boshqa o’simliklarning qayta ishlangan mahsulotlari – 5 kg;
  • aralashgan oziq-ovqat mahsulotlari – 2 kg;
  • pivo- 2 litr;
  • alkogolsiz ichimliklar, sharbatlar (sitrusdan tashqari) – 2 litr;
  • spirtli ichimliklarning barcha turlari (pivodan tashqari) – 2 litr;
  • tamaki mahsulotlarining barcha turlari – 10 ta o‘ram;
  • parfyumeriya – har biriga 2 tadan;
  • avto kosmetika – har biriga 2 tadan;
  • yuvish va tozalash vositalari – 5 kg;
  • maktab portfellari va sumkalaridan tashqari, tabiiy va sun’iy charm mahsulotlari – har biriga bittadan, lekin 3tadan ko‘p emas;
  • original charmdan tayyorlangan kiyim-kechak va kiyim aksessuarlari – har biriga bittadan, lekin 3tadan ko‘p emas;
  • tabiiy mo‘ynadan ustki kiyimlar va bosh kiyimlari – har biriga bittadan, lekin 3tadan ko‘p emas;
  • gilamlar va gilam mahsulotlari – 15 m.;
  • mashina va qo‘lda to‘qilgan trikotaj mahsulotlar – har biriga 1 tadan; yotoq choyshablari – 5 to‘plamlar;
  • keramika mahsulotlari – 1 to‘plam, biroq 24 donadan oshmagan holda;
  • billurdan idishlar – 1 to‘plam, 12 donadan oshmagan holda;
  • qimmatbaho metallar va toshlardan zargarlik buyumlari – umumiy hajmi 30 grammdan oshmagan 5 buyum;
  • taqinchoqlar – 0,5 kg.dan oshiq bo‘lmagan;
  • oshxona jihozlari, pichoq, qoshiq, vilka va boshqa oddiy metallar, shu jumladan, qimmatbaho toshlar bilan qoplangan metallar – 1 to‘plam, 24donadan oshmagan holda;
  • video va audioapparatura – har bir 1tadan, lekin uch donadan oshmasdan;
  • barcha turdagi soatlar- 2 dona;
  • qandillar, yorituvchi uskunalar– 2 dona.

Ro‘yxatdan o‘tish qoidalari

Harbir chet el fuqarosi ko‘p martali, xususiy va biznes vizalardan qat’iynazar, shuningdek, agarda bu umuman talab etilmasa, mamlakatga kirgan paytdan boshlab 72 soat ichida registratsiya jarayonidan o‘tishi kerak.

Mehmonxonada ro‘yxatdan o‘tish mumkin. Shuni yodda saqlash joizki, turistik vizasi bo‘la turib, xususiy uyda yashash faqatgina XFKChB tuman bo‘linmalarida ro‘yxatga olish to‘g‘ri amalga oshirilgandagina mumkin.

Agar siz O‘zbekistonga xususiy viza bilan kirsangiz, ro‘yxatdan o‘tish sizning mamlakatdagi haqiqiy yashash joyingizda, ya’ni – chaqirayotgan tomonning manzili bo‘yicha amalga oshiriladi.

Ro‘yxatga olish tartibi buzilgan holatda eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima jazosiga tortish nazarda tutilgan.