Joriy yilning 19-21-dekabr kunlari Xaykou shahrida Xitoy xalqaro sayyohlik yarmarkasi (CITM) bo‘lib o‘tadi, unda O‘zbekiston milliy stendi namoyish etiladi.

Yarmarka butun dunyodan sayyohlik sohasi vakillarini jamlab, turizm sohasida tajriba, g‘oyalar va innovatsion yechimlar almashish uchun platforma yaratadi.  Bu ishtirokchilar uchun O‘zbekistonning noyob sayyohlik resurslari va boy madaniy merosini namoyish etish, xalqaro auditoriya e’tiborini jalb qilish va yangi ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Ushbu nufuzli xalqaro turizm ko‘rgazmasida ishtirok etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

Qo‘shimcha ma’lumot uchun fair@nationalprcentre.com elektron pochtasi yoki +998781290990 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

O‘tkazilish sanasi: 2025-yil 19-21-dekabr

Ariza topshirish muddati: 2025-yil 10-dekabrgacha