Turizm sohasini rivojlantirish strategiyasi muhokama qilindi

Bugun, 22-iyul kuni Nukus shahrida 2022-2025 yillarda "Qoraqalpog‘iston Respublikasining Turizm sohasini rivojlantirish strategiyasi" loyihasini muhokama qilish bo‘yicha seminar o‘tkazildi. Seminarda Germaniyaning "MASCONTOUR" tashkiloti vakillari, turizm sohasi ekspertlari Xendrix Vintxen va Nikol Xoysler, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari - Turizm va madaniy meros vaziri Rasul Zarikeyev, Nukus shahar hokimi Utemurat Panayev, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) hududiy muvofiqlashtiruvchisi Alisher Qurbanov shuningdek vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etishdi. 

Tadbir davomida bugungi kunda sohada mavjud bo‘lgan kamchiliklar va ularning yechimi, shuningdek, yangi loyihalarni amalga oshirilishi ishlari muhokama qilindi. Turizm sohasini rivojlantirish strategiyasi loyihasini muhokama qilish bo‘yicha seminarlarni kelgusida ham o‘tkazib borish belgilangan. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining axborot xizmati