Sport ob’ektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021\2022-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish ishlarini tashkil etish bo‘yicha tegishli qarori va Turizm va sport vazirligining buyrug‘iga asosan Nukus shahrida joylashgan bir qator sport obektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganib chiqildi. O‘rganisha davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm va sport bosh boshqarmasi, Nukus shahar Turizm va sport bo‘limining mas’ul xodimlari tomonidan sport maktablaridagi isitkich qozonlar va isitkich uskunalari ko‘zdan kechirildi.

Birinchi ob’yekt Qoraqalpog‘iston Respublikasi sportning yakka kurash turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport obekti bo‘ldi. Mazkur ob’yekt 2020-yil rekonstruksiya etilgan bo‘lib, ta’mirlash ishlari doirasida sport obektiga zamonaviy isitkich qozonlari, bino bo‘ylab isitgich registrlari yangidan o‘rnatilgan. Kurash zalidagi 58 va og‘ir atletika zalida 6 dona isitkich registrlari qish faslida bino haroratini o‘z me’yor ushlab turish imkoniyatiga ega. Cho‘milish xonalari ham issiq suv bilan ta’minlangan. 

Keyingi manzil Qoraqalpog‘iston Respublikasi gimnastikasi sport turi bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi bo‘ldi. Mazkur sport obekti ham  2021\2022-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganib chiqildi. Ikki isitgich qozonlaridan tashqari mashg‘ulot zalida yirik elektr isitgich uskunalari (kondisionerlar), xodimlar xonalarida esa o‘rta hajmdagi elektr isitgich uskunalari mavjud qish faslida etarlicha issiqlik yaratish imkoniyatiga ega. Bosh boshqarma vakillari tomonidan isitgich qozonlarining mavsumga tayyor holati ko‘zdan kechirildi.

Tashrif buyurilgan so‘nggi sport ob’yekti  Nukus shahar 1-sonli bolalar-o‘smirlar sport maktabi bo‘lib, ushbu maktab ham kuz-qish mavsumiga o‘z tayyorgarlik ishlari ko‘rilgan. Jumladan, 2019-yil o‘rnatilgan zamonaviy isitgich qozonlari shay holatda. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm va sport bosh boshqarmasining axborot xizmati