“Salomatlik uchun 5000 qadam” aksiyasi o‘tkazildi

Joriy yilning 1 dekabr kuni Nukus shahridagi Yoshlar markazi maydonida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm va sport bosh boshqarmasi, O‘zbekiston maxsus Olimpiyadasi  Qoraqalpog‘iston Respublikasi  bo‘limi bilan birgalikda imkoniyati cheklangan yoshlar o‘rtasida «Salomatlik uchun 5000 qadam» aksiyasi hamda ertalabki badan tarbiya mashqlari o‘tkazildi. O‘tkazilgan tadbirga 50 nafarga yaqin imkoniyati cheklangan yoshlar hamda ularning ota onalari ishtirok etishdi. Tadbir so‘nggida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm va sport bosh boshqarmasi tomonidan tayyorlangan esdalik sovg‘alari bilan munosib taqdirlandi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm va sport bosh boshqarmasining axborot xizmati