Qurilish sohasidagi faoliyat yurituvchi tadbirkorlar diqqatiga

E’lon

Qurilish sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi “Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va «workout» sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5282-son Qarorida 2021-2025- yillarda hududlarda badminton, stritbol va «Workout» sport turlari uchun sport maydonchalarini tashkil etish vazifasi belgilangan. Shu munosabat bilan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm va sport bosh boshqarmasi sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish maqsadida badminton, stritbol va “Workout” sport maydonchalarining davlat-xususiy sheriklik asosida qurilishini amalga oshirishda mahalliy tadbirkorlarni hamkorlikka taklif qiladi. Loyiha talablari va qo‘shimcha ma’lumotlarni DXSH loyihasining namunaviy konsepsiyasi va loyihasida tanishib chiqishingiz mumkin.

Batafsil ma’lumot uchun: 61 222-94-08,  61 222-94-16

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm va sport bosh boshqarmasining axborot xizmati